Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev 11 noyabr kuni bunga qadar avvalgi sog‘liqni saqlash vaziri Abduxakim Xadjibayevning buyrug‘i bilan qo‘llanilgan barcha intizomiy jazo choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi. Bu haqda Xabar.uz nashri ma’lum qildi.

«Shu kungacha sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan qo‘llanilgan barcha intizomiy jazo choralari muddatidan ilgari olib tashlansin», — deyiladi hujjatda.

Foto: Xabar.uz.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni deputatlar sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga Behzod Musayev nomzodini ma’qullagan edi. Shundan so‘ng, prezident farmoni bilan u vazir sifatida ishga kirishdi.

U mazkur lavozimda Abduxakim Xadjibayevning o‘rnini egalladi. Sobiq vazir esa O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi.