«avtobuslar» tegli maqolalar


O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 milliondan oshdi
12 fevral 2024, 10:57

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 milliondan oshdi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 mln 20 mingtani tashkil etdi. Bir yil davomida ko‘rsatkich salkam 400 mingtaga ko‘paygan. Aholiga tegishli jami avtotransport vositalaridan 93 foizi yengil avtomobillar hisoblanadi.

Toshkentda 18 metrli avtobus yog‘ingarchilik sababli sirpanib, qiyalikka tushib ketdi (video)
31 yanvar 2024, 17:16

Toshkentda 18 metrli avtobus yog‘ingarchilik sababli sirpanib, qiyalikka tushib ketdi (video)

Toshkent shahrida 11-yo‘nalishdagi “garmoshka”li avtobus 18-avtosaroydan chiqayotib, yog‘ingarchilik tufayli sirpandi va uning orqa qismi qiyalikka tushib ketdi. Salonda yo‘lovchilar bo‘lmagan. Avtobus maxsus texnika yordamida chiqarib olindi.

Endi avtobus xarid qilishda yo‘lovchilar sig‘imi hisobga olinadi, metro vagonlari sonini ko‘paytirish jadallashtiriladi
29 yanvar 2024, 20:23

Endi avtobus xarid qilishda yo‘lovchilar sig‘imi hisobga olinadi, metro vagonlari sonini ko‘paytirish jadallashtiriladi

Prezident avtobus xarid qilishda ularning yo‘lovchi sig‘imiga e’tiborni kuchaytirish, shuningdek, Toshkent metropolitenining vagonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Aholining elektromobillarga o‘tishi rag‘batlantiriladi.

Transport vazirligi vakili — ko‘chalar o‘rtasidagi “ajratilgan yo‘laklar”, 35 metrli avtobuslar va ekspress yo‘nalishlar haqida
16 yanvar 2024, 03:26

Transport vazirligi vakili — ko‘chalar o‘rtasidagi “ajratilgan yo‘laklar”, 35 metrli avtobuslar va ekspress yo‘nalishlar haqida

Toshkentda, nihoyat, ko‘chalar o‘rtasida avtobus yo‘laklari tashkil etiladi. Unda 5 ta seksiyali 32 va 35 metrli avtobuslar harakatlanishi rejalashtirilgan, dedi Transport vazirligi vakili. Infratuzilma yukini kamaytirish uchun poytaxtga kiraverishda 12 ta yangi ekspress yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Toshkent viloyatidagi avtobus va mikroavtobuslarda yo‘lkira narxi oshdi
3 yanvar 2024, 15:17 1

Toshkent viloyatidagi avtobus va mikroavtobuslarda yo‘lkira narxi oshdi

Toshkent viloyatida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Endilikda avtobuslardan foydalanganlik uchun 1500 so‘m, yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)lar uchun 2000 so‘m to‘lanadi.

31-dekabr kuni Toshkentda avtobuslar ham soat 01:00 gacha ishlaydi
29 dekabr 2023, 21:52

31-dekabr kuni Toshkentda avtobuslar ham soat 01:00 gacha ishlaydi

Poytaxtda avtobuslar ham 31-dekabr kuni metropoliten kabi (farqi — o‘sha kuni metrodan foydalanish bepul) soat 01:00 gacha ishlaydi. “Toshshahartransxizmat” bayram tadbirlari o‘tkaziladigan 18 ta manzilga olib boruvchi avtobus yo‘nalishlarini e’lon qildi.

Samarqand shahri uchun Xitoydan 10 ta avtobus olib kelindi
29 dekabr 2023, 15:59

Samarqand shahri uchun Xitoydan 10 ta avtobus olib kelindi

Xitoyning CRRC kompaniyasidan Samarqand shahri jamoat transporti uchun 10 ta avtobus keltirildi. Yana 20 ta shunday avtobus olib kelinishi reja qilinmoqda.

Bayram kunlari Toshkentdagi avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi
25 dekabr 2023, 17:41

Bayram kunlari Toshkentdagi avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi

Toshkentda avtobuslar 30-dekabrdan 2-yanvarga qadar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida, 6-yanvar — shanba kuni esa ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.

Prezident 2024-yilda temiryo‘l va aviatransport hajmini 20 foizga oshirish topshirig‘ini berdi
20 dekabr 2023, 13:30

Prezident 2024-yilda temiryo‘l va aviatransport hajmini 20 foizga oshirish topshirig‘ini berdi

Prezident 2024-yilda temiryo‘l va aviatransport hajmini 20 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunga erishish uchun Toshkent va viloyatlar markazlari o‘rtasida kamida ikkita, viloyatlar o‘rtasida haftasiga bitta reys yo‘lga qo‘yish, kamida 7 ta samolyot va 6 ta tezyurar poyezd olib kelish rejalashtirilmoqda.

Toshkentda avtobus boshqaruvi vaqtida telefon ishlatgan 7 haydovchi ishdan olindi
13 dekabr 2023, 09:14

Toshkentda avtobus boshqaruvi vaqtida telefon ishlatgan 7 haydovchi ishdan olindi

“Toshshahartransxizmat” rahbari avtobus haydovchilarining boshqaruv vaqtida mobil telefondan foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan reydda ishtirok etdi. Yetti nafar haydovchi ishdan bo‘shatildi.

Buxoroga 20 ta yangi avtobus olib kelindi
1 dekabr 2023, 10:31

Buxoroga 20 ta yangi avtobus olib kelindi

Buxoro shahriga Xitoyning 20 ta yangi Zhang Tong avtobusi keltirildi, ular 5-dekabrdan yo‘nalishlarga chiqariladi. 2024-yil iyuligacha yana 80 ta shunday avtobus yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Transport vazirligi Toshkentda tirbandlikni qayd etdi
24 oktabr 2023, 09:22

Transport vazirligi Toshkentda tirbandlikni qayd etdi

Toshkentning bir qancha asosiy ko‘chalarida ketayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari “boshqa ko‘chalardagi mavjud oqimga qo‘shimcha yuklamalar hosil qildi”, — deyiladi Transport vazirligi xabarida. Bu, o‘z navbatida, “barcha ko‘chalarda transport vositalari, jumladan, avtobuslar tezligining pasayishiga olib keldi”.

Toshkentda ilk “garmoshka”li elektrobus qatnay boshlaydi
26 sentabr 2023, 09:58

Toshkentda ilk “garmoshka”li elektrobus qatnay boshlaydi

Xitoyning King Long kompaniyasi “Toshshahartransxizmat”ga 18 metrli elektrobusni topshirdi. Xabar qilinishicha, u yaqin kunlarda yo‘nalishlardan birida harakatlana boshlaydi.

Toshkentdagi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
21 sentabr 2023, 10:38

Toshkentdagi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.

Toshkentda to‘rtta avtobus yo‘nalishlari harakati qisqaradi
7 sentabr 2023, 10:48

Toshkentda to‘rtta avtobus yo‘nalishlari harakati qisqaradi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi 16, 25, 117 va 150-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi. Qisqargan yo‘nalishlarda yangi avtobuslar tashkil etilgan.

Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishlari, shuningdek, ekspress yo‘nalishlar tashkil etildi
4 sentabr 2023, 10:09

Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishlari, shuningdek, ekspress yo‘nalishlar tashkil etildi

Dushanbadan Toshkentda yettita yangi avtobus yo‘nalishi va eng tig‘iz vaqtlarda ishlovchi uchta vaqtincha ekspress yo‘nalish tashkil etildi. Avgust oyi oxirida uchta yo‘nalish harakati qisqartirildi.

Ayrim yonilg‘i shoxobchalari yopilgani ortidan avtobuslar boshqa shoxobchalarda navbatlar hosil qildi
25 avgust 2023, 16:37

Ayrim yonilg‘i shoxobchalari yopilgani ortidan avtobuslar boshqa shoxobchalarda navbatlar hosil qildi

Toshkent shahrida ayrim yonilg‘i quyish shoxobchalari yopilgani sababli avtobuslar boshqa shoxobchalarga borishiga to‘g‘ri kelmoqda. Ular joylarda katta navbatlarni yuzaga keltirgan. Bu masalani hal etish uchun “Toshshahartransxizmat” “Hududgazta’minot” bilan poytaxt hokimligida tezkor ishchi guruh tuzdi.

Shaharlararo avtobuslarning tunda hamrohsiz harakatlanishiga ruxsat beriladi
22 avgust 2023, 14:36

Shaharlararo avtobuslarning tunda hamrohsiz harakatlanishiga ruxsat beriladi

Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishdagi avtobuslarga tungi vaqtda ham yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda transport vositasi ish va dam olish vaqtini nazorat qiluvchi qurilma bilan jihozlanishi kerak. Avtobusga ichki ishlar organlari hamrohlik qilmaydi.

Toshkentda yana 8 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
10 avgust 2023, 11:47

Toshkentda yana 8 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkentdagi yana 8 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi.

OTM imtihonlari sababli Toshkentda ayrim avtobuslar ishi 5:00 dan boshlanadi
31 iyul 2023, 17:49

OTM imtihonlari sababli Toshkentda ayrim avtobuslar ishi 5:00 dan boshlanadi

1-avgustdan 13-avgustga qadar OTMlarga kirish testlari o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtda ayrim avtobuslar soat 5:00 dan ish boshlaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting