31-dekabr kuni Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahridagi barcha avtobus yo‘nalishlarining ish vaqti 1-yanvar soat 01:00 ga qadar uzaytirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, poytaxtning bayram tadbirlari o‘tkaziladigan 18 ta manzilga olib boruvchi avtobus yo‘nalishlari e’lon qilindi.

  • Asosiy archa Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi old maydoniga: 28, 30, 37, 44, 46, 57, 68, 78, 89, 91, 115, 140, 19, 38, 51, 55, 67, 85, 93, 2, 17, 24, 26, 72.
  • Bektemir tumani: Food city majmuasiga: 39, 45, 68, 93, 110, 117, 128, 130, 133, 184.
  • Mirobod tumani: “Furqat” bog‘iga: 12, 22.
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: Markaziy bog‘ga: 14, 17, 25, 50, 60, 63, 83, 96, 110, 119, 129, 151, 152.
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga: 50, 106, 151, 190.
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Lokomotiv” bog‘iga: 5, 19, 83, 96, 128, 149, 153, 198.
  • Sergeli tumani: Markaziy xiyobonga: 8, 40, 47, 48, 58, 59, 62, 75, 86, 104, 105, 126, 130, 131.
  • Olmazor tumani: Talabalar shaharchasiga: 31, 34, 76, 87, 131.
  • Shayxontohur tumani: “Anhor Lokomotiv” bog‘iga: 57, 78, 97.
  • Shayxontohur tumani: Tashkent City bog‘iga: 13, 51, 141, 196, 11, 32, 47, 56, 76, 84, 103, 118, 150.
  • Uchtepa tumani: “Seul” eko-bog‘iga: 33, 113, 135, 2, 8, 9 t, 41, 127, 141, 150.
  • Chilonzor tumani: “G‘afur G‘ulom” nomidagi istirohat bog‘iga: 2, 33, 75, 80, 84, 94, 98, 103, 135, 150.
  • Chilonzor tumani: Humo Arena muz saroyi old maydoniga: 13, 51, 196.
  • Chilonzor tumani: Magic city bog‘iga: 11, 32, 47, 76, 81, 103, 118, 126, 13, 51, 100, 196.
  • Yakkasaroy tumani: Next savdo majmuasiga: 11, 32, 47, 76, 81, 126.
  • Yashnobod tumani: “Aviasozlar” madaniyat saroyining old tomoniga: 15, 22, 54, 72, 148.
  • Yashnobod tumani: “Ashxobod” bog‘iga: 1, 14, 16, 18, 21, 28, 30, 44, 72, 80, 96, 190.
  • Yangihayot tumani: Index savdo majmuasiga: 75, 143.

“Toshshahartransxizmat” bayram kunlari transportlar harakati ko‘payishini inobatga olgan holda shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan voz kechib, jamoat transportidan foydalanishga chaqirdi.

Avvalroq Toshkent metropoliteni 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga (bepul) xizmat ko‘rsatishi xabar qilingandi.