4-sentabrdan Toshkentda yettita yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi.

Yangi marshrutlar

  • 3-son TTZ bozori (Navro‘z) — O‘rqo‘rg‘on
  • 127-son Kadisheva — Farhod bozori
  • 144-son “Quruvchilar” metro bekati — “Do‘stlik-2” mavzesi
  • 157-son Yunusobod-19 — “Paxtakor” metrosi
  • №159 TTZ bozori — “Haydarobod” MFY
  • 161-son “Erkin” MFY — “Olmazor” metrosi
  • 175-son Madaniyat mavzesi — Yunusobod dehqon bozori

avtobuslar, тошшаҳартрансхизмат

Mercedes-Benz avtobuslari uchta yo‘nalishda, SAZ LE 60 avtobuslari uchtasida, Isuzu esa bitta yo‘nalishda ishlaydi.

Poytaxtda avtobus yo‘nalishlari soni 167 taga, liniyalardagi avtobuslar soni esa 1700 taga yetkazildi, deyiladi xabarda.

Vaqtinchalik ekspress marshrutlar

Shu kundan boshlab uchta tezyurar avtobus yo‘nalishi vaqtincha yo‘lga qo‘yildi, ular kunning eng tig‘iz vaqtlarida ishlaydi, deb xabar berdi “Toshshahartransxizmat”.

Yo‘nalishlar:

  • SamPI — “Buyuk Ipak Yo‘li” metro bekati;
  • TTZ — “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekati (Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasi orqali);
  • TTZ — Buyuk Ipak yo‘li metro bekati (Buyuk Ipak yo‘li orqali).

Yo‘nalishlarga MAN RR3 turistik avtobuslari chiqarildi.

Avtobuslar ertalab soat 7:30 dan 9:30 gacha, kechqurun esa 16:30 dan 20:00 gacha ishlaydi. Yo‘l haqi 2000 so‘m.

Yo‘nalishni qisqartirish

31-avgustdan Toshkentda uchta avtobus yo‘nalishi qisqartirildi.

  • 2-sonli yo‘nalish (Chilonzor-25 — Ekskavator zavodi) Oloy bozorigacha qisqartirildi. Ekskavator zavodiga 89-sonli marshrutdan foydalanish taklif etiladi.
  • 87-sonli yo‘nalish (Qoraqamish-2/4 — Chinni bozori) Al-Xorazmiy massivigacha qisqartirildi. Yo‘l oxirigacha 146-sonli marshrut boradi.
  • 98-sonli yo‘nalish (“Chilonzor” kiyim-kechak bozori — Elektrokabel zavodi) Amir Temur xiyobonigacha qisqartirildi. 60-raqamli avtobus so‘nggi punktgacha boradi.