«aqsh» tegli maqolalar


AQShning Kobuldagi raketa zarbasi natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi — CNN
30 avgust 2021, 11:44

AQShning Kobuldagi raketa zarbasi natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi — CNN

Yakshanba kuni Kobulda AQSh Qurolli Kuchlari raketa zarbasi orqali portlovchi moddalar o‘rnatilgan mashina yo‘q qilingan. Natijada 9 kishi halok bo‘ldi, ular orasida olti nafar bola bor, deb xabar berdi CNN. AQSh Mudofaa vazirligi mashinada bir nechta xudkushlar bo‘lganini ham taxmin qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 avgust 2021, 21:12

Jahon yangiliklari dayjesti

Polshaning Belarus bilan chegara hududida devor barpo etayotgani, Rim papasining taxtdan voz kechishi mumkinligi, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

AQSh Afg‘onistondagi urushga 2,26 trln dollar sarflagan va bu hali hammasi emas
20 avgust 2021, 12:52

AQSh Afg‘onistondagi urushga 2,26 trln dollar sarflagan va bu hali hammasi emas

Braun universiteti AQShning Afg‘onistondagi urushga sarflagan xarajatlarini 2,26 trln dollarga baholadi. Bu urushning har bir kuni uchun o‘rtacha 300 million dollar degani. AQSh ushbu urushdagi xarajatlarning asosiy qismini qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirgan. 2050 yilga borib ushbu qarzlar foizlari qiymati 6,5 trln dollarga yetishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, Afg‘onistondagi urush davomida 174 ming nafar atrofida qurbonlar bo‘lgani ma’lum qilindi.

Jahon yangiliklari dayjesti
10 avgust 2021, 20:55

Jahon yangiliklari dayjesti

BMTning afg‘on tomonlarini o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirayotgani, AQShning 11 sentyabr voqealariga oid bir qator maxfiy hujjatlar oshkor qilinishi mumkinligi, Eronning Buyuk Britaniyani sudga berishni rejalashtirayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

AQSh O‘zbekistonga qiymati $330 mingdan ziyod bo‘lgan tibbiy niqoblar yubordi
9 avgust 2021, 14:49

AQSh O‘zbekistonga qiymati $330 mingdan ziyod bo‘lgan tibbiy niqoblar yubordi

AQShdan beg‘araz ko‘mak sifatida qiymati 330 ming dollardan ziyod bo‘lgan 240 ming dona tibbiy niqoblarning birinchi qismi O‘zbekistonga olib kelindi. Mazkur insonparvarlik yuki «Global Jewish Assistance and Relief Network» jamg‘armasi va Buxoro yahudiylari jahon kongressi tomonidan yetkazilgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
6 avgust 2021, 21:10

Jahon yangiliklari dayjesti

AQShning Braziliyaga NATOning global hamkori bo‘lishni taklif qilgani, Venesuelaning milliy valyutasini yana denominatsiya qilayotgani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
5 avgust 2021, 22:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarusda chegara nazoratining kuchaytirilgani, Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlari, Meksikaning AQSh qurol ishlab chiqaruvchilarini sudga bergani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

AQSh faqat vaksina olganlarning kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda
5 avgust 2021, 18:46

AQSh faqat vaksina olganlarning kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda

Oq uy ma’muriyati mamlakatga faqat koronavirusga qarshi to‘liq emlangan chet elliklarning kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
4 avgust 2021, 21:32

Jahon yangiliklari dayjesti

Nigeriyada qaroqchilarning 80 nafar o‘quvchi evaziga 194 ming dollar talab qilayotgani, Chexiyada ikkita yo‘lovchi poyezdining to‘qnashgani, JSSTning revaksinatsiyaga moratoriy joriy etishni taklif qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
4 avgust 2021, 12:18

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida korrupsiya, narkotik moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo hujjatlar imzolandi.

Jahon yangiliklari dayjesti
3 avgust 2021, 22:07

Jahon yangiliklari dayjesti

Kobulning «Tolibon» bilan sulh tuzishga tayyorligi, Iroqqa chet eldan 17 mingdan ortiq qadimiy buyumning qaytarilgani, KXDRning oziq-ovqat tanqisligi tufayli armiya zaxirasidan foydalanayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

AQSh O‘zbekiston bolalar bog‘chalari uchun $21 mln ajratadi
28 iyul 2021, 14:12

AQSh O‘zbekiston bolalar bog‘chalari uchun $21 mln ajratadi

AQSh “O‘zbekistonda ta’lim va bolalar uchun oziq-ovqat” dasturi doirasida maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 21 mln dollar ajratadi. Mazkur mablag‘ 400 dan ortiq maktabgacha ta’lim muassasasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 245 ta qishloq va kam ta’minlangan MTTlariga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston 29 iyul kuni 3 mln doza Moderna vaksinasini qabul qiladi
27 iyul 2021, 10:57

O‘zbekiston 29 iyul kuni 3 mln doza Moderna vaksinasini qabul qiladi

AQShdan O‘zbekistonga 29 iyul kuni koronavirusga qarshi 3 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinadi. Preparat AQSh tomonidan COVAX dasturi doirasida ajratilmoqda.

AQSh yil oxiriga qadar Iroqdagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etishni to‘xtatadi
27 iyul 2021, 10:13

AQSh yil oxiriga qadar Iroqdagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etishni to‘xtatadi

AQSh 31 dekabrga qadar Iroqdagi harbiy operatsiyalardagi ishtirokini to‘xtatadi. Xavfsizlik bo‘yicha munosabatlar o‘quv mashg‘ulotlari, maslahatlashuvlar, ravzvedka ma’lumotlarini olishga o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Iroq xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 iyul 2021, 22:59

Jahon yangiliklari dayjesti

Tunisdagi siyosiy inqiroz, Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilayotgan Tokioga yaqinlashayotgan tayfun, Afg‘onistondagi olti oylik janglarda deyarli 1,6 ming tinch aholining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
24 iyul 2021, 21:03

Jahon yangiliklari dayjesti

Afg‘onistonning 31 ta provinsiyasida komendantlik soati e’lon qilingani, Avstraliya va Fransiyadagi norozilik namoyishlari, koronavirusning yangi shtammi aniqlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 iyul 2021, 21:07

Jahon yangiliklari dayjesti

2,5 ming nafar Afg‘oniston fuqarosiga AQSh maxsus immigratsion vizasi ajratilgani, Xitoydagi toshqinlarda halok bo‘lganlar sonining 33 nafarga yetgani, Isroilda koronavirusga qarshi yangi turdagi vaksinaning ishlab chiqarilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekiston, AQSh, Afg‘oniston va Pokiston maslahatlar platformasini tashkil etmoqda
16 iyul 2021, 10:57

O‘zbekiston, AQSh, Afg‘oniston va Pokiston maslahatlar platformasini tashkil etmoqda

O‘zbekiston, AQSh, Afg‘oniston va Pokiston Afg‘oniston tinchlik jarayoni va mojarodan keyingi davrda tartibga solishni qo‘llab-quvvatlash uchun to‘rt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etmoqdalar.

AQSh Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va terrorchilarga qarshi agressiv harakatlar borasida muzokaralarni davom ettiradi
15 iyul 2021, 13:01

AQSh Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va terrorchilarga qarshi agressiv harakatlar borasida muzokaralarni davom ettiradi

AQSh Afg‘onistondagi tinchlik bo‘yicha muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashda va Afg‘oniston mudofaa kuchlariga yordam berishda davom etadi, deya ma’lum qildi AQSh prezidentining maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall Toshkentdagi yig‘ilishda. «Biz Qo‘shma Shtatlarga va ittifoqchilarimiz hamda sheriklarimiz xavfsizligiga tahdid soluvchi terrorchilarga qarshi agressiv harakatlarimizni davom ettiramiz», — dedi u.

«AQShning Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashdagi pozitsiyasini qadrlaymiz» — Abdulaziz Kamilov
15 iyul 2021, 11:57

«AQShning Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashdagi pozitsiyasini qadrlaymiz» — Abdulaziz Kamilov

«Markaziy Osiyo Mamlakatlari — AQSh» formati mintaqada hamkorlikni rivojlantirishning noyob modeli hisoblanadi. U iqtisodiyot, energetika va savdo sohasidagi aloqalarni yaxshilashga, xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda javob berishga yordam berdi, deya ta’kidladi O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting