«Markaziy Osiyo Mamlakatlari — AQSh» (S5+1) formati mintaqada hamkorlikni rivojlantirishning noyob modeli hisoblanadi, deya ta’kidladi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ushbu formatning 15 iyul Toshkentda bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvida.

«Ushbu format iqtisodiyot, energetika va savdo sohasida bog‘liqlikni yaxshilashga, ekologik tahdidlar va sog‘liqni saqlash sohasidagi tahdidlarning ta’sirini yumshatishga, shuningdek, xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda javob berishga yordam berdi», — dedi TIV rahbari.

«O‘zbekiston S5+1 hamkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Biz mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda davom ettirishga tayyormiz», — dedi Abdulaziz Kamilov.

Tashqi ishlar vaziri «AQShning Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ham qadrlaymiz», deya ta’kidladi.

S5+1 uchrashuvida Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Qirig‘iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyevlar boshchiligidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari delegatsiyalari ishtirok etdi. Amerika tomonidan AQSh prezidentining ichki xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall ishtirok etdi.