«aqsh» tegli maqolalar


AQSH O‘zbekistonga 200 ta O‘SSH moslamasini jo‘natdi
24 avgust 2020, 10:48

AQSH O‘zbekistonga 200 ta O‘SSH moslamasini jo‘natdi

AQSHdan O‘zbekistonga 200 ta o‘pka sun’iy shamollatish moslamasi yuborildi. Ular Donald Tramp ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida taqdim qilinmoqda.

AQSH Demokratik partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod tasdiqlandi
20 avgust 2020, 14:29

AQSH Demokratik partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod tasdiqlandi

AQSH vitse-prezidentligiga Demokratik partiyasidan Kamala Xarris nomzod sifatida tasdiqlandi. Avvalroq Jo Bayden uni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanlaganini e’lon qilgan edi. Kamala Xarris 2017 yildan Kaliforniya senatori bo‘lib kelmoqda.

AQSH elchisi Bobomurod Abdullayevning hibsga olinishidan xavotirda ekanini bildirdi
14 avgust 2020, 14:04

AQSH elchisi Bobomurod Abdullayevning hibsga olinishidan xavotirda ekanini bildirdi

AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblum Bishkekda Bobomurod Abdullayevning hibsga olinishi yuzasidan xavotir bildirdi. U jurnalistning harakat erkinligini hurmat qilishga va Qirg‘izistonni o‘zi tanlagan mamlakatga ketishiga ijozat berishga chaqirdi.

Isroil va BAA munosabatlarni yaxshilashga kelishib olishdi
14 avgust 2020, 13:00

Isroil va BAA munosabatlarni yaxshilashga kelishib olishdi

Isroil va BAA AQSH vositachiligi bilan munosabatlarni yaxshilash haqidagi tarixiy bitim imzolashdi. Unga ko‘ra, Isroil Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi hududlarni anneksiya qilishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Falastin esa kelishuvga qarshi.

YeI va AQSH Belarus hukumatiga qarshi sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligidan ogohlantirdi
13 avgust 2020, 14:22

YeI va AQSH Belarus hukumatiga qarshi sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligidan ogohlantirdi

Yevropa Ittifoqi va AQSH Belarusda yuz berayotgan namoyishlar ishtirokchilariga zo‘ravonliklar qo‘llanilayotgani sababli mamlakat rahbarlariga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Belarus shaharlarida esa ayollar qo‘llarida gul tutgan holda tinch namoyishlarni davom ettirmoqda. Ular safiga tibbiyot xodimlari ham qo‘shildi.

Jo Bayden Kamala Xarrisni vitse-prezidentlikka nomzod qilib tanladi
12 avgust 2020, 11:53

Jo Bayden Kamala Xarrisni vitse-prezidentlikka nomzod qilib tanladi

AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden senator Kamala Xarrisni vitse-prezident qilib tanladi. Agar Bayden g‘alaba qozonsa, Xarris lavozimdagi birinchi ayol va birinchi qora tanli siyosatchi bo‘ladi.

AQSHda qayta ishlatiladigan niqoblar yaratildi
23 iyul 2020, 11:21

AQSHda qayta ishlatiladigan niqoblar yaratildi

Massachusets texnologiya instituti muhandislari qayta ishlatish mumkin bo‘lgan, arzon va N95 respiratori bilan bir xil himoya qiladigan silikon niqob ishlab chiqishdi.

Xitoy AQSHning Gonkong to‘g‘risidagi qonunga qarshi sanksiyalariga javob qaytaradi
15 iyul 2020, 15:53

Xitoy AQSHning Gonkong to‘g‘risidagi qonunga qarshi sanksiyalariga javob qaytaradi

Donald Tramp Gonkongda milliy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashgan kompaniyalar va shaxslarga nisbatan cheklovlar joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Shundan so‘ng Xitoy AQSHga qarshi javob sanksiyalarini qo‘llashi mumkinligi bilan ogohlantirdi.

AQSHda onlayn ta’lim olayotgan chet ellik talabalar deport qilinmaydigan bo‘ldi
15 iyul 2020, 13:22

AQSHda onlayn ta’lim olayotgan chet ellik talabalar deport qilinmaydigan bo‘ldi

AQSH hukumati pandemiya sababli onlayn ta’limga o‘tgan chet ellik talabalar uchun vizalarni bekor qilish rejalaridan voz kechdi. Oldinroq, Garvard universiteti va Massachusets texnologiya instituti, shuningdek 17 shtat va Kolumbiya okrugi rasmiylari Tramp ma’muriyatining ushbu qarori bo‘yicha sudga murojaat qilishgan edi.

AQSHda 17 yil ichida ilk bor federal jinoyatlarda ayblangan mahkum qatl etildi
14 iyul 2020, 19:51

AQSHda 17 yil ichida ilk bor federal jinoyatlarda ayblangan mahkum qatl etildi

AQSHda so‘nggi 17 yil ichida ilk bor federal darajadagi jinoyatda ayblangan mahkum qatl etildi. Uch kishilik oilani o‘ldirganlikda ayblangan 47 yoshli mahkumning tanasiga o‘lim in’eksiyasi yuborildi. Mamlakatda iyul-avgust oylarida yana uch kishi qatl etiladi.

Dunyoda koronavirus bo‘yicha kunlik rekord yangilandi — 230 mingdan ortiq
13 iyul 2020, 18:37

Dunyoda koronavirus bo‘yicha kunlik rekord yangilandi — 230 mingdan ortiq

JSST koronavirus infeksiyasining kunlik tasdiqlanish holati yana rekord darajada oshganini ma’lum qildi — kuniga 230 mingdan ortiqroq. Dunyo bo‘yicha umumiy qayd etilgan kasallik holatlari 12,93 mln, vafot etganlar soni esa 570 mingdan oshdi.

AQSH harbiylarining O‘zbekistondagi bazada zaharlangani haqidagi maxfiy hujjatlar oshkor qilindi
10 iyul 2020, 16:15

AQSH harbiylarining O‘zbekistondagi bazada zaharlangani haqidagi maxfiy hujjatlar oshkor qilindi

2001−2004 yillar mobaynida Qarshi-Xonobod bazasida bo‘lgan Amerikalik harbiylar zaharli moddalar va radiatsiya ta’siriga uchragan bo‘lishi mumkinligi haqidagi maxfiy hujjatlar oshkor etildi. Ma’lumotga ko‘ra, harbiylarning bazaga joylashtirilishidan oldin ushbu hududda Sobiq Ittifoq raketalari yo‘q qilingan.

USAID O‘zbekistonda 18,9 million dollarlik agrobiznesni rivojlantirish loyihasini boshladi
9 iyul 2020, 20:14

USAID O‘zbekistonda 18,9 million dollarlik agrobiznesni rivojlantirish loyihasini boshladi

USAID O‘zbekistonda agrobiznesni rivojlantirish loyihasini ishga tushirmoqda, bu qo‘shimcha qiymat ishlab chiqaradigan tarmoqlar sonini ko‘paytirish hamda mazkur jarayonga yoshlar va ayollarni jalb qilishga yordam beradi. Loyiha 18,9 million dollarga baholanmoqda.

AQSH ayrim chet ellik talabalariga viza cheklovlarini joriy etdi
7 iyul 2020, 13:29

AQSH ayrim chet ellik talabalariga viza cheklovlarini joriy etdi

AQSH hukumati 2020 yil kuzgi semestrda to‘liq onlayn bo‘lgan o‘quv muassasalari va dasturlarga qabul qilingan F-1 va M-1 vizasiga nomzod talabalarga viza berishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Hozirda AQSHda bunday dasturlarda ta’lim olayotgan talabalar mamlakatni tark etishlari yoki qonuniy maqomda qolish uchun yuzma-yuz o‘qitiladigan o‘quv muassasasiga o‘tish kabi boshqa choralarni ko‘rishlari kerak bo‘ladi.

AQSH tashkilotlari O‘zbekistonga 600 ming dollar miqdorida yordam taqdim etdi
3 iyul 2020, 12:54

AQSH tashkilotlari O‘zbekistonga 600 ming dollar miqdorida yordam taqdim etdi

Project Hope ijtimoiy yordam tashkiloti O‘zbekistonga shaxsiy himoya vositalari, koronavirusni aniqlash testlari va 600 ming dollarlik miqdorda tibbiyot jihozlari yubordi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting