AQSH prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden Kaliforniya senatori Kamala Xarrisni vitse-prezidentlikka nomzod qilib tanlaganini e’lon qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

«Men o‘z saylovlarda o‘zimga hamroh sifatida Kamala Xarrisni, qo‘rqmas, „kichkina odam“ uchun kurashuvchi va davlat idorasidagi eng obro‘li odamlardan birini tanlaganimni e’lon qilayotganimdan g‘oyat xursandman», — deb yozdi Bayden Twitter da.

Xarris ilgari prezidentlikka da’vogar edi, ammo u dastlabki etaplarda sezilarli natijalarga erisha olmadi.

Agar 77 yoshli Bayden prezident etib saylansa, 55 yoshli Xarris u ketganidan keyin partiya rahbarligiga da’vogar bo‘ladi.

Bundan tashqari, agar Bayden prezidentlikka saylansa, Xarris vitse-prezident bo‘lib xizmat qilgan birinchi ayol va birinchi qora tanli siyosatchi bo‘ladi.