Angrenda shahar prokurori 22-maktabga borib, muassasa hovlisi muz va qordan tozalanmaganidan noroziligini bildirdi. Uning tashrifidan so‘ng o‘qituvchilar hududni tozalashga jalb qilindi. Holat muhokamalarga sabab bo‘lgach, o‘rganish olib borilib, prokurorga intizomiy jazo chorasi qo‘llandi.
Angrenda, «Toshkent-O‘sh» yo‘lida Isuzu yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi natijasida 5 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Hodisada hech kim jabrlanmadi.
Toshkent viloyati Angren shahrida sobiq hokim yordamchisi ov quroli bilan o‘zini otib qo‘ydi. 4 farzandi bo‘lgan marhum oxirgi paytlarda otasining vafoti tufayli tushkun kayfiyatda yurgani aniqlandi. Holat bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Angren shahri hokimi Alisher Raimov hududda qurilayotgan Prezident maktabi ta’minotchilari bilan muloqot chog‘ida haqoratli so‘zlar ishlatgan. Toshkent viloyati hokimligining Odob-axloq komissiyasi viloyat hokimidan Raimovga chora ko‘rishni so‘radi. Uning o‘zi qilgan ishidan «ming pushaymon»ligini bildirdi.
Toshkent viloyatidagi Angren issiqlik elektr stansiyasida 13 noyabr, yakshanba kuni «nosozlik» yuz berdi. Energetika vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hozirda Angren shahriga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda, qisqa vaqt ichida issiqlik energiyasi yetkazib berilishi ham qayta tiklanishi kutilmoqda.
Toshkent viloyatida Ekologiya boshqarmasi va IIB xodimlari reyd tadbiri o‘tkazib, 8 nafar fuqaro 60 dona sa’vani to‘r yordamida noqonuniy ovlayotganini aniqladi. Ularning har biriga 3 mln so‘m jarima qo‘llandi. Qushlar tabiatga uchirib yuborildi.
Ishtixon tumanida fermer xo‘jaligi rahbari xorijdan naslli chorva mollarini sotib olish uchun ajratilgan 780 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirganligi aytilmoqda. Angren shahrida esa baliqchilik uchun ajratilgan 490 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i talon-toroj qilingan.
Alisher Rayimov Angren shahri hokimi etib tayinlandi.
Toshkent viloyati Angren shahri hokimi Nuritdin Abdurahimov xastalikdan so‘ng 44 yoshida vafot etdi. U bu lavozimga yanvar oyida tayinlangan edi.
Surxondaryo viloyatining Denov va Qiziriq tumanlari hamda Toshkent viloyatining Angren shahriga yangi hokimlar tayinlandi.
Angren ko‘mir konida 2 ta elektrovoz to‘qnashishi natijasida 20 ta vagon ag‘darilib ketgan, shundan 14 tasida ko‘mir bo‘lgan. 2 kishi yengil tan jarohati oldi.
Angrenda PPX xodimi tabel qurolidan o‘zining jag‘ qismiga qarata bir marotaba o‘q uzib, vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aytilishicha, unga nisbatan bosim bo‘lgan va pul so‘ralagan. Holat ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingan.
Angren Majburiy ijro byurosi rahbari Mohizoda Yusupova rejani bajarmagan xodimlarni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun hayfsan oldi. MIB kelgusida bu kabi holatlarning oldini olish uchun choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Qiymati qariyb 157 mln dollar bo‘lgan «Birinchi rezinotexnika zavodi» quvvatining 15 foizida ishlamoqda. Zavod 2018 yil avgustida qurilgan, biroq sifat talabga javob bermagani uchun 100 mingta shina sotilmay qolgan, bu muddat davomida UzAuto Motors 60 mln dollarga shina sotib olgan. Parlament quyi palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov tashqi qarzlar qanchalik samarali sarflanayotganini so‘radi.
Toshkent viloyati Angren shahrida maktab o‘qituvchisi o‘quvchini kaltaklab, bir necha marotaba musht tushirgani haqidagi videotasvirlar tarqaldi. O‘qituvchi 9 sinf o‘quvchisi uni dars paytida ko‘p marotaba masxara qilgani uchun jahl ustida shunday qilgani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting