Alisher Rayimov Toshkent viloyatining Angren shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tayinlovga qadar u «Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyatining «Tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi loyihasini joriy etish direksiyasi» filiali direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Rayimov 1981 yil Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2005 yil Toshkent davlat texnika universitetini, 2020 yilda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Angren shahrining oldingi hokimi Nuritdin Abdurahimov 11 may kuni kasallikdan so‘ng vafot etgan edi.