31 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Denov va Qiziriq tumanlari hamda Toshkent viloyatining Angren shahriga yangi hokimlar tayinlandi.

Abdumalik Allamuradov. Surxondaryo viloyati hokimligi.

Surxondaryo viloyati Denov tumani xalq deputatlari kengashi tuman hokimi lavozimiga Abdumalik Allamuradovni ma’qullashdi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati. U mazkur lavozimda 2020 yil noyabr oyidan beri ishlab kelgan va boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etilgan Rustam Pardayevning o‘rnini egalladi.

Abdumalik Allamurodov 1977 yil 17 aprelda Termiz viloyatida tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat universitetini, 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

O‘tgan yillar davomida prokuratura, adliya, huquq-tartibot idoralarida turli lavozimlarda ishlagan. 2019−2020 yillarda Surxondaryo viloyati tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2020 yildan so‘nggi lavozimga tayinlangunga qadar bosh vazirning Tadbirkorlar qabulini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati rahbari bo‘lgan.

Rustam Pardayev. Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi.

Bundan tashqari, Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdan tashqari qirq to‘rtinchi sessiyasida tuman hokimi Yusupov Ilhom Elmurodovich vazifasidan ozod qilindi.

Denov tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Pardayev Rustam Ubodullayevich Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bunga qadar 2020 yildan to bugunga qadar Denov tumani hokimi sifatida ishlagan.

U 1979 yil 7 aprelda Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2006 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi.

Rustam Pardayev mehnat faoliyati davomida AT “Mikrokreditbank” Jarqo‘rg‘on filiali boshqaruvchisi va viloyat filiali, viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi, investitsiyalar bosh boshqarmasi, investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.


Nuriddin Abdurahimov. Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Bundan tashqari Nuriddin Abdurahimov Toshkent viloyatining Angren shahriga hokim etib tayinlandi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

U Toshkent viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan Shukurulla Mahmudovning o‘rnini egalladi.

Nuriddin Abdurahimov 1978 yilda Pskent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti bo‘yicha moliyachi, lavozimga tayinlangunga qadar Prezident ma’muriyati xodimi bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz avvalroq, Prezident Administratsiyasi sho‘'ba bosh mutaxassisi Azamat Fayziyev Nurota tumani hokimi lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.