Toshkent viloyati Angren shahri hokimi Nuritdin Abdurahimov kasallikdan so‘ng vafot etdi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Nuritdin Abdurahimov yanvar oyida Angren shahri hokimi etib tayinlangan edi. U 1978 yilda shu viloyatning Pskent tumanida tug‘ilgan.
Angren hokimligi saytida yozilishicha, Nuritdin Abdurahimov Toshkent moliya institutini tamomlagan (bakalavr — 1999, magistratura — 2001).
O‘tgan yillar davomida Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi, «O‘zkimyosanoat» kompaniyasi, Iqtisodiyot vazirligida ishlagan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Hokim etib tayinlanguniga qadar Abdurahimov 2018 yildan O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasining yetakchi konsultanti sifatida faoliyat yuritgan.