Livan poytaxti Beyrut shahrida Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Mazkur Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar rekordni yangilashdi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, uch kun davomida taekvondochilar qit’a chempionligi uchun kurash olib borishdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza jami 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bunga qadar O‘zbekiston tarixida hech qachon bitta Osiyo chempionatida 10 ta medal qo‘lga kiritilmagan edi. Bungacha eng yaxshi natija 2018 yilgi musobaqada qayd etilgandi — 8 ta medal.

Qayd etilishicha, taekvondochilar oltin medal olish bo‘yicha ham o‘z rekordini takrorlashdi. Bungacha o‘zbekistonlik taekvondochilar bitta Osiyo chempionatida maksimum 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritishgan. Bu 2014 yil Toshkentda o‘tgan qit’a chempionatida sodir bo‘lgandi.

O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyo chempionatlarida qancha medal olishgan:

  • 2004 — 1ta bronza
  • 2006 — yo‘q
  • 2008 — 1ta bronza
  • 2010 — 2ta kumush, 4ta bronza
  • 2012 — 1ta kumush, 2ta bronza
  • 2014 — 3ta oltin, 3ta bronza
  • 2016 — 1ta oltin, 1ta kumush, 2ta bronza
  • 2018 — 2ta oltin, 1ta kumush, 5ta bronza
  • 2021 — 3ta oltin, 1ta kumush, 6ta bronza