O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev AQShda faoliyatidagi navbatdagi jangini o‘tkazdi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik bokschi amerikalik Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko‘tarildi.

12 raundga mo‘ljallangan jang 3-raundda yakuniga yetdi. Rosado raund o‘rtasida o‘ng qo‘lidagi kuchli zarbasi bilan Bektemirni ringga qulatdi. Ushbu vaziyatda referi jangni to‘xtatdi va Rosadoning g‘alabasini qayd etdi.

Shu tariqa, Bektemir prof boksdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga barcha milliy va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etilgani, uning professional boksda chiqishlarini davom etishi yoki etmasligi tegishli Xalqaro professional boks tashkilotining qaroriga bog‘liq ekanligi haqida xabar berilgan edi.