11 iyundan 11 iyulga qadar bo‘lib o‘tayotgan Yevrop chempionatining guruh bosqich uchrashuvlari yakuniga yetdi. 6 ta guruhning birinchi va ikkinchi o‘rinlari hamda eng yaxshi 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan 4 ta jamoa nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Portugaliya, Chexiya, Shveysariya hamda Ukraina terma jamoalari eng yaxshi 3-o‘rin natijasi bilan pley-offga chiqishdi.

Nimchorak final juftliklari (O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan):

26 iyun

21:00. Uels — Daniya. Amsterdam, «Yoxan Kroyff Arena» stadioni.

23:59. Italiya — Avstriya. London, «Uembli» stadioni.

27 iyun

21:00. Niderlandiya — Chexiya. Budapesht, «Pushkash Arena» stadioni.

23:59. Belgiya — Portugaliya. Sevilya, «La Kartuxa» stadioni.

28 iyun

21:00. Xorvatiya — Ispaniya. Kopengagen, «Parken» stadioni.

23:59. Fransiya — Shveysariya. Buxarest, «Pushkash Arena» stadioni.

29 iyun

21:00. Angliya — Germaniya. London, «Uembli» stadioni.

23:59. Shvetsiya — Ukraina. Glazgo, «Xempden Park» stadioni.

Foto: https://twitter.com/FootballFactly