Doxada (Qatar) bo‘lib o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining litsenziyalash bosqichida 46 yoshli o‘zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tayanib sakrash yo‘nalishida harakat qilgan 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi litsenziati 14.066 ball to‘plab, 1-o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni fransiyalik gimnastikachi Devilar Kolin egalladi — 13.966 ball. Kuchli uchlikdan, shuningdek, misrlik sportchi Tamas Nensi ham joy oldi — 13.366 ball.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil oktyabr oyida TASS agentligiga bergan intervyusida Oksana Chusovitina Yaponiyadagi Yozgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng o‘z faoliyatini yakunlashi haqida ma’lum qilgandi.