O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, askiya san’ati ustasi Mamasidiq Sherayev 21-noyabr kuni vafot etdi. Bu haqda Kinoarboblar ijodiy uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.

Mamasidiq Sherayev 1946-yil 10-avgust kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. Jizzax, Farg‘ona teatrlarida aktyor, qiziqchi bo‘lib xizmat qilgan.

Marg‘ilonda askiyachilik maktablari faoliyatini boshqargan. U 2020-yildan hozirgi vaqtgacha Marg‘ilon shahrida musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

So‘z ustasi 2021-yilda Do‘stlik ordeni sohibi bo‘lgan.

Islom Karimov fondi qiziqchining birinchi prezident bilan askiya san’ati haqida gaplashib, bu yo‘nalishni sport sohasi bilan taqqoslagani aks etgan videoni e’lon qilgan.

Mamasidiq Sherayev (minbarda). Mamasidiq Sherayev (minbarda).