Joriy yilda 64 nafar fuqaro suvda cho‘kib halok bo‘lgan, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xodimi Samandar Hikmatullayev AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, cho‘kib ketganlarning 20 nafardan ziyodi voyaga yetmaganlardir. Jumladan, 5 nafari — 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 8 nafari — 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar, 7 nafari — 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir.

FVV matbuot xizmati vakili ota-onalarni farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslik va ularning bo‘sh vaqtlarini tashkil etishda e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.