19 iyundan Turkmaniston hududidan kirgan issiq havo natijasida so‘nggi kunlarda kuzatilgan salqinlik chekinishni boshlaydi, deya xabar beradi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Juma kuni markaziy va sharqiy mintaqalarda havo 33−35 darajagacha isiydi. Bunday harorat bu kun uchun xos bo‘lgan me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqindir. Shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida issiq havo kuchliroq bo‘lib, harorat 38−40 darajaga yetadi, bu esa me’yordan 2−4 darajaga yuqoridir.

Dam olish kunlari va keyingi haftaning boshida issiq O‘zbekistonning butun hududini qamrab oladi. Ayniqsa yakshanba va dushanbada issiq bo‘ladi. Termometr ustunchasi shu kunlarda 39−42 darajagacha, janubiy viloyatlarda va Navoiy, Buxoro viloyatlarining cho‘l zonasida 43−44 darajagacha ko‘tariladi. Bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5−8 darajaga yuqoridir.

Issiq havoning kirishi shamolning tezligi sekundiga 15−20 metrgacha kuchayishi bilan birga kuzatiladi.

Eng issiq iyunlarda Toshkentda oyning oxirgi o‘n kunligi boshida havo harorati 42−43 darajaga yetgan, deya ta’kidlab o‘tishadi sinoptiklar.