15 may kuni soat 14:30 larda Qarshi shahar Temiryo‘lchi mahallasi 20-uyda sodir bo‘lgan yong‘inda uning ichidagi ikki kishi vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati “O‘zbekiston 24” telekanaliga tayanib xabar qildi.

Qayd etilishicha, voqea joyiga yetib borgan tezkor guruh o‘tkazgan surishtiruv davomida ko‘zi ko‘rmaydigan va yura olmaydigan 1-guruh nogironi bo‘lgan 80 yoshli J. A.ning o‘zi bilan birga yashagan o‘g‘li, muqaddam ikki marta og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlangan 1974 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Sh. A. avvaldan bo‘lgan o‘zaro kelishmovchilik tufayli otasi bilan janjallashgan. O‘g‘il uni o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan olib kelgan yelim idishdagi benzin yoqilg‘isini ojiz ahvoldagi otasi va o‘zining ustiga sepib, yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Oqibatda o‘zi va otasi og‘ir kuyishdan vafot etadi.

Mazkur holat yuzasidan 15 may kuni Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Sh. A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (odam o‘ldirish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq namanganlik erkak oilaviy kelishmovchilik sababli xotini va uch bolasini bolta bilan chopib, turmush o‘rtog‘i va to‘rt oylik qizining o‘limiga sabab bo‘lgan, so‘ngra o‘zini o‘zi yoqib yuborgan edi.