18 iyun kuni soat 10:20 larda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 85 km.da beshta yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Captiva haydovchisi (1992 y.t.) X.X. “Guliston-Toshkent” yo‘nalishida o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan S.M. (1993 y.t.) boshqaruvidagi Cobalt avtomobilini o‘ng tomonidan quvib o‘tmoqchi bo‘ladi.

Biroq Captiva yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan M.U. (1986 y.t.) boshqaruvidagi Damas hamda B.M. (1962 y. t.) boshqaruvidagi Cobalt, S.M. boshqaruvidagi Cobalt esa U.X. (1975 y.t.) boshqaruvidagi Audi-100 avtomashinasining orqa qismiga borib uriladi.

Natijada, Damas yo‘lovchilari A.J. (1979 y.t., erkak) va Q.Q. (1982 y.t., erkak) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etishgan.

Cobalt haydovchisi B.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.