20 oktyabr kuni soat 01:20 atrofida A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 224 kmda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

«Vodiy- Toshkent» yo‘nalishda harakatlangan ISUZU rusumli yuk mashinasi hamda Damas rusumli avtotransporti to‘qnashgan. Oqibatda yuk mashinasi yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan.

Voqea joyiga zudlik bilan «Beshqo‘l» navbatchilik maskanidan qutqaruvchilar, yo‘l patrul xizmati hamda tez tibbiy yordam xodimlari yetib borishgan. Ikki transport vositasi haydovchilari voqea natijasida tan jarohati olgani aniqlangan va Pop tumani markaziy shifoxonasiga olib ketilgan.