Rossiyaning Volgograd viloyati Voljskiy shahridan O‘zbekiston fuqarolarini Toshkentga olib kelish uchun oktyabr oxiri, noyabr boshida to‘qqizta maxsus poyezd qatnovga qo‘yiladi. Bu haqda Voljskiy temir yo‘llari kompaniyasi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, avvaliga poyezd qatnovi beshta etib rejalashtirilgandi. Ikki tomonlama kelishuv natijasida poyezdlar soni yana to‘rttaga ortgan. Poyezdlar «Voljskiy» bekatidan 22, 23, 25, 26, 28, 29, 31 oktyabr hamda 1 va 2 noyabr kunlari Voljskiy — Toshkent yo‘nalishida Rossiya vaqti bilan soat 21:57 da qatnovni boshlaydi.

Har bir poyezd tarkibida 938 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan 20 tadan vagon bo‘lib, ular Rossiya hududi bo‘ylab to‘xtamasdan harakat qiladi. Chiptalar sotuvda mavjud.

Intekfaks nashrining yozishicha, Rossiya Transport vazirligi hamda «Rossiya temir yo‘llari» sentyabr oyining oxiri, oktyabr oyining boshida O‘zbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish uchun Voljskiy — Toshkent yo‘nalishida o‘nta maxsus poyezd tashkil qilgan. Umumiy hisobda 11 mingdan ortiq o‘zbekistonlik o‘z yurtiga qaytarilgan.