«Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmatining xabar berishicha, Sergeli va Olmazor tumanlarining gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim manzilgohlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Sergeli tumanida soat 10:00 — 16:00 vaqt oralig‘ida:

  • «Daryo bo‘yi» MFYdagi 10 ta ko‘p qavatli uylarning — 532 ta aholi va — 596 ta yerli aholi iste’molchilari hamda manzildagi — 115 ta ulgurji iste’molchilari;

Olmazor tumanida soat 11:00 — 16:00 vaqt oralig‘ida:

  • «Abror Hidoyatov» korpusidagi 4 qavatli 4 ta uylarning — 192 ta aholi xonadonlari;
  • «Shifonur» ko‘chasidagi 5 ta 9 qavatli uylarning — 350 ta, 4 qavatli 3 ta uylarning — 144 ta aholi xonadonlari hamda 2 ta yotoqxonalar, shuningdek, 8 ta ulgurji iste’molchilari tabiiy gaz ta’minotidan vaqtincha to‘xtatiladi.