12 mart kuni soat 17:22 larda Andijon shahar «1-son» MFY Furqat ko‘chasi 24 uy 9 xonadonda gaz va havo aralashmasi chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqdi. Sodir bo‘lgan yong‘indan yashash xonadonining 50 kv.m. maydoni va uy-ro‘zg‘or buyumlari yongani aytilmoqda.

Voqea joyiga viloyat FVBning 4 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta avtonarvoni 17:25da yetib borgan. Yong‘in 17:28 da o‘rab olingan va 17:40 da to‘liq bartaraf etilgan. Qutqaruvchilar harakatlari natijasida ko‘p qavatli uyning taxminan 1200 kv.m maydonda tom qismi va qo‘shni xonadonlar yong‘indan saqlab qolindi, deyiladi xabarda.

Chaqnash natijasida uy egasi va uning nabirasi 50 foiz termik kuyib, shifoxonaga yotqizilgan. Chaqnashning asosiy sababi tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi deb taxmin qilinmoqda.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, sodir bo‘lgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.