FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 14 mart kuni soat 20:32da Shayxontohur tumani kichik xalqa yo‘li ko‘chasi 29-uyda joylashgan «EVOS» umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ma’lumotga ko‘ra, yong‘indan shoxobchaning 10 kv.m maydoni zarar ko‘rgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar FVBning yong‘in-qutqaruv guruhi soat 20:32 da yetib borib, 20:46 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning taxminiy sababi va zarari aniqlanmoqda.