Xorazm viloyatida kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida elektr tarmoqlarida avariya holati yuzaga keldi, deya xabar bermoqda «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari"AJ matbuot xizmati. Buning oqibatida Xorazm viloyatida ko‘plab xonadonlar elektr energiyasiz qolgan.

Xabar berilishicha, hozirda barcha tezkor ishchi guruhlar jalb qilingan bo‘lib, avariyalarni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Urganch shahridagi elektr ta’minotidagi uzulishlar sabab shahardagi svetoforlar ishlamayotganligi xabar qilinmoqda.