Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda ko‘katli pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Ko‘katli Chepalgash noni


Chepalgash an’anaviy chechen yeguligidir. Ushbu nonlar mazali, yumshoq va xushbo‘y bo‘lib pishadi. Siz ularni hali sovumay turib iste’mol qilishingiz kerak. Ayniqsa issiq shirin choy bilan zo‘r ketadi.

Ko‘katli «Piramida» somsasi


Hozir o‘lkamizda bahor. Bu esa organizimimiz foydali vitamin va ko‘katlarni talab qiladi degani. Shunday foydali vitaminlarni siz ko‘katli somsadan olishingiz mumkin.

Ko‘katli qatlama


Bahorda tayyorlash kerak bo‘lgan taomlardan biri — bu ko‘katli qatlama. Qizartirib qovurilgan qarsildoq qavatli xamir va issiq choyga hech kim befarq qolmaydi.

Qatlamali xamirdan qilingan pishloq va ko‘katli o‘ramalar


Bunday pishiriq birinchi tatib ko‘rishingizdanoq sizning eng sevimli yeguligingizga aylanishi aniq. Tayyorlash jarayoni oddiy va tezligi sabab ham ularni bemalol ertalabki nonushtaga ham, kechki ovqatga ham tayyorlash mumkin.

Pishloq va ko‘katli pishiriqlar


Vaqtingizni bekor sarflamay, mana bunday ajoyib yeguliklardan tayyorlang. Chunki buning uchun kerakli masalliqlarning barchasi har kimning sovutgichidan topiladi.

Oddiy xamirdan somsa


Ko‘katli somsani faqatgina qatlamali xamirdan tayyorlash shart emas. Yupqa qilib yoyilgan oddiy xamirdan u yanada mazaliroq bo‘lib pishadi. Uning ichidagi masalliqlardan roxatlanishingizga esa hech nima halaqit qila olmaydi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15