O‘zbekiston kinematografiya akademiyasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «O‘zbekkino» axborot xizmati xabar bermoqda.

11 mart kuni «O‘zbekkino», «O‘zbekfilm» hamda «O‘zshaharsozlikLITI» vakillari tomonidan O‘zbekiston kinematografiya akademiyasini tashkil etish, moddiy texnik-bazasini shakllantirish hamda bino qurilishi, rekonstruksiya ishlari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, akademiya qoshida S. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali hamda Toshkent shahrida kino san’atiga ixtisoslashgan o‘rta ta’lim maktabini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.