“O‘zagrosug‘urta” kuzatuv kengashi qarori bilan Shuxrat Rasulov tashkilot boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Shuxrat Rasulov tayinlovga qadar “Agrobank” ATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, u “Mikrokreditbank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Aloqabank”, “Ipotekabank”, “Turonbank” kabi moliya muassasalarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yildan buyon “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi rahbari lavozimida Sarvar Otamurodov ishlab kelayotgan edi.