Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 29 apreldan 6 mayga qadar o‘tkazilgan o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, yanvar-mart oylari uchun iste’molchilarga yana 4,2 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi, deya xabar bermoqda Qo‘mita matbuot xizmati. Natijada yil boshidan buyon iste’molchilarga to‘langan summa 72,3 mlrd so‘mga yetdi.

Avvalroq, Qo‘mita 26 mart holatiga ko‘ra fevral oyi uchun 183 052 nafar iste’molchiga 18,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berilgani haqida ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslar bank kartalariga xarid summasidan 1% keshbek qaytarilmoqda. Shuningdek, “Gazeta.uz” keshbekni qanday qaytarib olish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanma tayyorlagan edi.