COVID-19 tufayli Xitoy mezbonlik qiladigan Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari qoldirildi

10−25 sentabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilishi rejalashtirilgan XIX Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari mamlakatdagi COVID-19 bilan bog‘liq murakkab epidemiologik vaziyat tufayli bir yilga kechiktirildi.

Toshkentdagi muzeylarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihachi va pudratchi tendersiz tanlandi

Turkiyaning Outdoor Factory kompaniyasi Toshkentdagi uchta davlat muzeyini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida tendersiz loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat ishlarini amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritdi.Kompaniya «Istiqlol» majmuasi, «Yangi O‘zbekiston» istirohat bog‘i va universiteti, Toshkentning Eski shahar hududidagi sayyohlik markazi va boshqalarni loyihalash va qurishda ishtirok etgan.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida o‘q uzilgan 3 qirg‘izistonlik noqonuniy tovar olib o‘tgani ma’lum bo‘ldi

DXX o‘zbek chegarachilari 3 nafar qirg‘izistonlikka o‘q uzgani haqidagi xabarlar yuzasidan bayonot berib, ularning chegaradan ko‘p miqdordagi yuklarni noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi. Qoidabuzarlarning bir guruhi harbiy xizmatchilarga qarshilik ko‘rsatib, kuch ishlatgan.

Surxondaryoda suv toshqini tufayli 230 dan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Surxondaryoning Uzun tumanida kuchli yog‘ingarchilik natijasida 40 ga yaqin uy suv ostida qoldi, 230 dan ortiq kishi maktab binosiga vaqtincha joylashtirildi. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Kreditlar, Afg‘oniston, Ukraina. Yaponiya TIV rahbarining O‘zbekistonga tashrifining asosiy mavzulari

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi Toshkentga tashrifi chog‘ida 200 mln dollargacha kredit ajratilishini ma’lum qildi, O‘zbekiston bilan Afg‘onistonda inklyuziv siyosiy tizimni yaratish va qizlar ta’limini tezroq tiklash, Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha hamkorlik qilish istagini bildirdi. O‘zbekiston Yaponiya sun’iy yo‘ldoshlari va texnologiyalari yordamida iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashishni rejalashtirmoqda.

Samarqanddagi 60 o‘rinli maxsus qabulxonada 160 kishi saqlanayotgani aniqlandi

Samarqand viloyatidagi 60 o‘rinli ma’muriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun maxsus qabulxonada 161 kishi saqlanayotgani aniqlandi. Ombudsmanning mintaqaviy vakili tomonidan saqlanuvchi shaxslarning yashash va mehnat sharoitlari o‘rganildi. Ularning bir kunlik daromadi o‘rtacha 40 500 so‘mni tashkil qiladi.

Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekistonning so‘nggi 30 yildagi eng yaxshi sportchilarini aniqladi

Milliy olipmiya qo‘mitasi tashkil etilganining 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi sportchilar, yetakchi sport tashkilotlari aniqlandi. Mirjalol Qosimov, Abdulla Tangriyev va Oksana Chusovitinalar so‘nggi 30 yillikning eng yaxshi sportchilari bo‘lishdi.

9 may kuni G‘alaba bog‘ida bayram salyuti tashkil etiladi

9 may kuni kechqurun Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti tashkil etiladi.

Markaziy bank prezident rasmi tushirilgan tangalarni chiqarmaganligini ma’lum qildi

Markaziy bank prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsiga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar yoki banknotlarni muomalaga chiqarmaganligini ma’lum qildi.

«O‘ztransgaz» 2021 yilni 2,5 trln so‘mdan ziyod zarar bilan yakunladi

2021 yildagi moliyaviy hisobotlar tahliliga ko‘ra, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» eng ko‘p sof foyda (10 639,8 mlrd so‘m) olgan va eng ko‘p dividend (9,5 trln so‘m) to‘lagan korxona deb topildi. «O‘ztransgaz» esa eng ko‘p zarar (2,5 trln so‘m) ko‘rgan tashkilot bo‘ldi. Davlat ishtirokidagi 20 ta zarar ko‘rib ishlagan tashkilotlar orasida ikkita futbol jamoasi ham bor.

Farg‘ona vodiysiga 6 may kuniga belgilangan poyezdlar qatnovi ham bekor qilindi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan sel oqibatida ketma-ket ikkinchi kun Farg‘ona vodiysiga harakatlanuvchi poyezdlar qatnovi to‘xtatilganini ma’lum qildi. 6 mayga mo‘ljallangan chiptalar puli yo‘lovchilarga 100 foiz qaytarib beriladi.

Dam olish kunlari quruq va juda iliq ob-havo kuzatiladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi, havo harorati +30…+35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. 9 may kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda yomg‘ir yog‘adi. 10 mayda esa respublika bo‘ylab kuchli jala quyishi mumkin, harorat esa +23…+28 darajagacha pasayadi.

9−13 may kunlari 9 ta viloyatga sel kelish xavfi bor

O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar tufayli dushanbadan-jumagacha respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

«Aeroflot» Moskvadan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda

Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi 20 maydan boshlab Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklamoqda. Parvozlar Airbus A330 laynerlarida ular lizingiga YeI sanksiyalari yumshatilgani ortidan amalga oshiriladi.

Go‘sht va o‘simlik yog‘i importiga nol darajali QQS stavkasi muddati uzaytirildi

Bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht, o‘simlik yog‘i va kartoshkani olib kirish va sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi muddati 2022 yil oxirigacha uzaytirildi. Shuningdek, Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar 2031 yilgacha ayrim soliqlarni 1 foizda to‘laydi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadlari miqdori oshirildi

Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarga binoan nogironligi bo‘lgan shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadlari miqdori oshirildi. Shuningdek, soliq imtiyozi berilgan ayrim soliq to‘lovchilari mazkur soliqlarni 1 foizi miqdorida to‘laydi. Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlarni yer solig‘idan ozod qilish muddati uzaytirildi.

Madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushdi

O‘zbekistonda madaniy meros yodgorliklariga nisbatan sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar yoki ularga yetishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar haqida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushirildi.

Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun maxsus maktab tashkil etildi

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun «Mehrli maktab» davlat ta’lim muassasasi tashkil etildi. Muassasada 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim hamda 1−11-sinflar uchun umumiy o‘rta ta’lim beriladi.

Maktablar, Mehribonlik uylari va internatlarda ovqatlanish autsorsingga topshirilishi mumkin

XTV maktablar, maktab-internatlari va Mehribonlik uylarida ovqatlanishni autsorsingga topshirish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. Autsorsing kompaniyalari foydalanadigan maktab o‘quvchilarining kunlik ratsional ovqatlanish normalari SSV tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston aholisi 35,4 mln kishiga yetdi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning doimiy aholisi 130 ming kishiga ko‘payib, 35,4 mln kishiga yetdi. Yil davomida o‘zbekistonliklar soni 738,3 ming kishiga yoki 2,1 foizga o‘sdi. Yilning dastlabki uch oyida tug‘ilishlar soni keskin — 13,4 foizga o‘sdi, o‘lim darajasi esa 0,5 foizga oshdi va koviddan avvalgi ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan fotoreportajlar:

Foto: Toshkentning eski shaharida varraklar uchirilishi

Bahorda O‘zbekistonda varrak uchirish mavsumi boshlanadi. «Gazeta.uz» fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin va fotosuratchi Mirzayor Erkinov Toshkentning eski shaharida varraklar uchirilishini kuzatishdi.