DXX Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi 50 ming AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda qo‘lga olindi. Buni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov «Gazeta.uz»ga tasdiqladi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.