Seshanba kunining ikkinchi yarmida Toshkentda atmosfera havosining ifloslanish darajasi pasaydi, deya guvohlik bermoqda O‘zgidromet ma’lumotlari.

Havo sifati dushanba kuni kechqurun keskin yomonlashib, kunduzi soat 10−12 oralig‘ida eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. So‘ngra, kuzatuv stansiyalari ma’lumotliriga ko‘ra, yarim tundan keyin pasayishda davom etdi. Bu vaqtda havodagi RM 2,5 (diametri 2,5 mikrometrgacha) qattiq zarralar bilan ifloslanishi 1 kubometr uchun 120 mikrogramga, PM10 (10 mikrometrgacha) — deyarli 130 ga yaqinlashdi.

Kunning yarmiga kelib yomg‘ir yog‘ib o‘tganidan so‘ng havo toza bo‘lishni boshladi va 14:00 ga kelib RM 2,5 ko‘rsatkichi Yunusobod tumani «Bodomzor» yo‘lida — chang 23,3 mkg/kubometr, Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi maydonida — 25,4 mkg/kubometrni tashkil etdi.

«Ushbu hududlarda havodagi chang miqdori yomg‘ir yog‘ganligi hisobli AQI — RM 2,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha havoning „yaxshi“ darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi», — deyiladi O‘zgidromet xabarida.

Oxirgi kunlarda O‘zbekiston poytaxtida kechki va tungi vaqtda havoning yuqori darajada ifloslanishi kuzatilmoqda. Harorat inversiyasi tufayli havo haroratining keskin pasayishi havoning turg‘unligiga, ifloslantiruvchi moddalarning to‘planishiga sharoit yaratdi, deb ta’kidladi bir kun avval O‘zgidromet. 15 oktabr kuni soat 23:00 da havo harorati 17 daraja Selsiyda PM2,5 zarralari konsentratsiyasi 62 mkg/kubometrni tashkil qildi.

Atmosfera havosining PM2,5 va PM10 mayda zarralari bilan ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zgidrometning maxsus sayti (monitoring.meteo.uz) va IQAir xalqaro saytida e’lon qilindi. IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yangilik nashr etilgan paytda Toshkent havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rindan 43-o‘ringa tushgan. IQAir havo sifatining hozirgi darajasini «o‘rtacha» deb baholamoqda.