Futbol — eng emotsional sport turlaridan biridir. Futbol o‘yinini tomosha qilgan odam ko‘p hissiyotlarni boshdan kechira oladi.

Artel kompaniyasi o‘zining yangi maqomini — O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) titul homiyligini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Bu hamkorlik mamlakatda futbol rivojini qo‘llab-quvvatlash va ishonch bildirish, shuningdek, Artel kompaniyasining aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga hissa qo‘shish istagidan dalolat beradi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi tashkil etilgan 2008-yildan buyon mamlakatdagi futbol klublari faoliyatini takomillashtirib, rivojlantirmoqda. Artel liga hamkori sifatida ushbu hamjamiyatning bir qismi bo‘lib, yosh sportchilarning rivojlanishi va yangi cho‘qqilarni zabt etishiga yordam berishdan mamnun. Kompaniya klublar va muxlislar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda ham faol ishtirok etadi.

Artel — ishonch va sifat timsolidir. Mamlakat miqyosida sport tashabbuslarini ilgari surish kompaniyaning korporativ ijtimoiy mas’uliyati hisoblanadi. 2023-yili Artel U-20 Osiyo kubogini, Toshkentda bo‘lib o‘tgan Butunjahon boks kengashi (WBC) yillik kongressining 61-konvensiyasini ham qo‘llab-quvvatlagan edi. 2022-yilda Sky Chess shaxmat maktabi bilan birgalikda shaxmat bo‘yicha blits turniri, 2021-yilda esa ayollar o‘rtasida “Nilufar” ochiq shaxmat turniri o‘tkazgan.

Kompaniya yangiliklari va ishi haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havolalar orqali olishingiz mumkin.

Sayt: artelelectronics.com
Instagram: @artel_official, @artel_matbuot_xizmati

Reklama huquqlari asosida.