11-mart dushanba kundan boshlab poytaxtliklar Yangihayot tumanidan Qo‘yliq mavzesiga metropoliten orqali borishlari mumkin. Sababi Yer usti halqa yo‘lining Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlari yo‘lovchilar uchun ish faoliyatini boshladi. Shu vaqtgacha metro foydalanuvchilari “Quruvchilar” (12-bekat) bekatigacha kelib, 14-bekatga qadar metrobusda yetib olayotgandi. Endi “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” deb nomlangan yerusti liniya Sergeli liniyasi bilan bog‘landi. “Gazeta.uz” yangi bekatlarda bo‘lib, holatni o‘rgandi va Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan masofani hisoblab chiqdi.

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

Yo‘lovchi Yangihayot tumanidagi “Qipchoq” metro bekatiga kirish uchun eskalator yoki zinadan foydalanishi, agar zarurat tug‘ilsa 2-qavatga liftda ham chiqishi mumkin, lift ishlamoqda. 2 qavatda Qo‘yliq tomonga ketuvchilar chipta olishi uchun kassa bor.

Eslatma, agar yo‘lovchi Sergeli metro liniyasidan kelib, “Qipchoq” bekatidan yo‘lini davom ettirishni istasa, boshqa yo‘nalishga o‘tgach, kassadan yangi chipta sotib olishi kerak — “peresadka” qiluvchilar karta bo‘lsa 1700 so‘m, naqd bo‘lsa 2000 so‘m yo‘l haqi to‘laydi.

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

Metropoliten matbuot kotibi To‘ychi Mirzayevning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, hozir yangi bekatlarda poyezdlar orasidagi vaqt intervali 7−8 daqiqani tashkil etyapti. Poyezd “Qipchoq” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha 20 daqiqada yetib boradi. “Qo‘yliq” bozoriga borishni istagan yo‘lovchilar bekatda tushib, yer osti yo‘li orqali bozor hududiga o‘tishi mumkin.

Yo‘lovchilar “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi yo‘li”da “Qipchoq” bekatidan “Texnopark” bekatigacha 40 daqiqada yetib boradi — jami 14 ta bekat. Mazkur yo‘nalish poytaxtning Yashnobod, Mirobod, Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi 62 ta mahalla fuqarolar yig‘inining 244 ming nafar aholisini qamrab oladi.

Ushbu metro bekati orqali aholi, asosan, Qo‘yliq bozori, shuningdek, Quruvchilar mavzesi, Toshkent halqa avtomobil yo‘li, Yangiobod bozori, Rohat aylanma yo‘li va Aviasozlar mavzesiga yetib olishi mumkin.

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

metro, тошкент, турон bekati, қипчоқ bekati

Ma’lumot uchun, endi Toshkentdagi metro bekatlari soni 50 taga yetdi. Ularning umumiy uzunligi 72 km. Hozir MDH mamlakatlari orasida Toshkent metropoliteni Rossiyadagi Moskva va Sankt-Peterburg metrolaridan so‘ng 3-o‘rinda turibdi. Metrodan foydalanuvchilar soni ham oshmoqda, 5-mart sanasida 903 mingdan ortiq yo‘lovchi metrodan foydalandi. Tarmoqdan foydalanuvchilar kuniga o‘rtacha 850−900 ming marta sayohat qilmoqda.