Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati.

Xususan, 21, 22, 23, 24, 25-mart kunlari 775/776-sonli Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • Samarqanddan jo‘nab ketish 11:11 — Toshkentga yetib borish 13:26;
  • Toshkentdan jo‘nab ketish 13:51 — Samarqandga yetib borish 16:05.

Shuningdek, 20,21-mart kunlari 762/761-sonli Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida ham “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish 06:59 — Qarshiga yetib borish 10:33;
  • Qarshidan jo‘nab ketish 16:44 — Toshkentga yetib borish 20:20.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni temiryo‘l chiptaxonalaridan tashqari elektron tarzda ham eticket.railway.uz saytida xarid qilsa bo‘ladi.