Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan 2024-yilning 10-mart kunidan boshlab har kuni soat 19:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

  • Tepa masjidi — Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar.

Bektemir tumani bo‘yicha:

  • Alibek masjidi — M.Avezov ko‘chasidan Husayn Boyqaro ko‘chasiga qadar.

Yashnobod tumani bo‘yicha:

  • Islom ota masjidi — Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar;
  • Ali ibn Abu Tolib masjidi — Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar.

Mirobod tumani bo‘yicha:

  • Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi — Yangi Qo‘yliq — Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasiga qadar;
  • Qo‘yliq ota masjidi — TXAY — Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar.

Sergeli tumani bo‘yicha:

  • Ma’ruf ota masjidi — Choshtepa ko‘chasidan Chosh tepa 1-tor ko‘chasiga qadar;
  • No‘g‘oyqo‘rg‘on masjidi — Yangi Sergeli — No‘g‘oyqo‘rg‘on KXAY — Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon — Sag‘bon chorrahasigacha.

Yakkasaroy tumani:

  • Usmon bin Ma’zum masjidi — KXAY — Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY — Qushbegi chorrahasigacha;
  • Yakkasaroy masjidi — Shota Rustaveli — Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy — Bog‘u bo‘ston chorrahasigacha;
  • Rakat masjidi — J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar.

Yangihayot tumani:

  • Niyozmat ota masjidi TXAY — Binokor chorrahasidan Pastdarg‘on mahallasiga kirishga qadar.

Shayxontohur tumani bo‘yicha:

  • Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi — Ko‘kcha Darvoza — Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza — Beshqayrag‘och chorrahasigacha;
  • Kamolon masjidi — Bunyodkor — Kamolon chorrahasidan Kamolon — Ustazoda 2-tor chorrahasigacha.

Olmazor tumani bo‘yicha:

  • Xasti Imom masjidi — Nurafshon — Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy — Abdulla Qodiriy chorrahasigacha;
  • Islomobod masjidi — KXAY — Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon — Sag‘bon chorrahasigacha;
  • Do‘stjonboy (Sulola) masjidi — Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li — Noraztepa chorrahasigacha.

Yunusobod tumani bo‘yicha:

  • Mirza Yusuf masjidi — Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasiga qadar.

Uchtepa tumani bo‘yicha:

  • Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi — Katta Qani aylanmasidan Lutfiy — Katta Xirmontepa ko‘chalari chorrahasigacha. — Hazrati Ali masjidi Nazarbek — Mahorat chorrahasidan Nazarbek — Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha.

Chilonzor tumani bo‘yicha:

  • Novza masjidi Bunyodkor — Muqimiy ko‘prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha;
  • Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi — Al-Xorazmiy — Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha;
  • Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi — Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.