20 fevral kuni Xo‘jayli tumanidagi 21-sonli umumta’lim maktabi direktori P.A. Toshkent shahrida bo‘lsada, «komissiya uchun» degan bahonada o‘qituvchi va texnik xodimlardan 20 mingdan pul yiqqan. Bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokukaturasi ma’lum qildi.

Holat bo‘yicha shu kunning o‘zida Xo‘jayli tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

Prokuraturaning ma’lum qilishicha, maktab direktori P.A.ning topshirig‘iga ko‘ra, maktab o‘qituvchisi D.R. tomonidan 16 nafar o‘qituvchidan 320 ming so‘m yig‘ib, direktorga bergan, direktorning o‘zi esa, 18 nafar o‘qituvchidan 360 ming so‘m yig‘gan. Jami 680 ming so‘m pul yig‘ilgan.

Maktab direktori ko‘rsatmasida ushbu pullar maktabdagi bannerlarni yangisiga almashtirish uchun yig‘ilganini, yig‘ilgan pullar amalda hech qayerga ishlatilmasdan, o‘qituvchilarga yana qaytarib berilganini bayon qilgan.

Bir guruh o‘qituvchilar pullarni yig‘ilish sabablari haqida direktor bergan ko‘rsatmalarni tasdiqlashgan. Lekin ularning bir guruhi yig‘ilgan pullar kelgan komissiyani tushlikda ovqatlantirish bahonasida yig‘ilganini aytib .Voqea sabab direktor P.A. 24 fevral kuni o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash haqidagi arizasiga asosan lavozimidan ozod qilingan.

Hozirda, tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda, natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilingan.