28 fevraldan boshlab bir qator avtobus yo‘nalishlari oraliq harakatlari o‘zgartiriladi, deya xabar qildi «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati.

Ushbu qaror yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida qabul qilindi, deyiladi xabarda. Endilikda:

  • 32-sonli («4-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan) «Sergeli 6-a mavzesi — Gulobod ko‘chasi» avtobus yo‘nalishining oraliq harakati Furqat-Alisher Navoiy ko‘chalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali;
  • 56-sonli («7-avtobus saroyi») «Chorsu savdo markazi — Tariqteshar mahallasi» yo‘nalishining oraliq harakati Islom Karimov-Furqat ko‘chalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali;
  • 84-sonli («4-avtobus saroyi») «Obod turmush — Gulobod ko‘chasi» yo‘nalishining oraliq harakati Novza-Bunyodkor va Furqat-Alisher Navoiy ko‘chalari kesishmalarida tashkil etilgan yangi chorrahalar orqali;
  • 112-sonli («12-avtobus saroyi») «Olchazor mahallasi — Food city savdo majmuasi» avtobus yo‘nalishining oraliq harakati Qipchoq ko‘chasidan Tursunzoda, Shokirariq ko‘chalari orqali etib belgilandi.

Avvalroq so‘nggi bekatlari Food city savdo majmuasi ASHBda joylashtirilgan 39, 45, 110, 122, 130-sonli yo‘nalishlarning oraliq harakati 4R21 va Bektemir yo‘li ko‘chalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali (2023 yil 10 fevral kunidan boshlab) belgilangan edi.

Shu bilan birga, 101-sonli («5-avtobus saroyi») «Darxon mahallasi — Buyuk ipak yo‘li metrosi» yo‘nalishining ish kunlaridagi ish boshlash vaqti soat 5:30 dan etib belgilandi.