Nodavlat ta’lim tashkilotlarida axborot texnologiyalari sohasida o‘qiyotgan yoshlarga ta’lim kreditlari ajratiladi. Bu haqida Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari BHMning 65 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatgacha 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslarga ajratiladi.

Kredit oluvchi ta’lim kreditini olish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • ariza;
  • kredit oluvchi va IT-park rezidenti bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olish haqida rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt, ommaviy oferta);
  • ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlarga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.
  • «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma («Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlar uchun);
  • bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar.

Bu 27 fevral kungi hukumat qarori [79-son] bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomda tasdiqlangan