O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan import va mahalliy Ai-80 benzini uchun aksiz solig‘i muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar qadar uzaytirildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi xabar berdi.

Mazkur qaror «iste’molchilarning neft mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda narxlar barqarorligini ta’minlash» maqsadida qabul qilindi.

O‘tgan yilning dekabr oyida gaz «zapravka»lari faoliyatiga cheklov qo‘yilish ortidan benzinga talab keskin oshib ketgandi. O‘shanda prezident qarori bilan vaqtincha Ai-80 benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilingandi. Ushbu chora 2022 yilning 10 dekabridan 2023 yilning 1 martiga qadar qo‘llanilgandi.

Shu kunlarda «O‘zbekneftgaz» O‘zbekistonda 1 martdan import qilinadigan va mahalliy Ai-80 rusumli benzinga aksiz solig‘ining «nol» stavkasi qo‘llanishi muddati tugashi va ushbu benzin narxi oshishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.