Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu avtotransporti Sirdaryo yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, unda salkam 2,6 tonna go‘sht borligi va u insonlar iste’moli uchun yaroqsizligi aniqlandi. Bu haqda «Mahalla» telekanali «Reportyor» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Sirdaryoda yo‘l-patrul xizmati maskanida mas’ul tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan avtotransport viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi boshqarmasi jamoat tartibni saqlash boshqarmasi, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va mas’ul tashkilot xodimlari tomonidan tekshirilganida tegishli veterinariya ma’lumotlariga esa bo‘lmagan 2590 kilogramm hayvon go‘shti borligi aniqlanadi.

Sirdaryo viloyati IIB JXX JSTB karantin guruhi rahbari Rustam Bo‘ronovning ma’lum qilishicha, ushbu go‘sht mahsulotlarining insonlar iste’molining yaroqli yoki yaroqsiz ekanini tekshirish uchun Viloyat hayvonlar kasallar tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markaziga olib borib tekshirilganida ushbu go‘sht mahsulotlari insonlar iste’moli uchun yaroqsizligi aniqlandi.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.