O‘zgidromet sinoptiklari O‘zbekistonda yozning noodatiy issiq bilan boshlanganiga izoh berdi.

Ularga ko‘ra, iyun oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston hududi bo‘ylab o‘rtacha harorat o‘rtacha yillik ko‘rsatkichlardan 2−4 daraja yuqori bo‘lgan.

Eng yuqori havo harorati o‘n kunlikning o‘rtalarida kuzatildi. Shu kunlarda havo kunduzi +38…+40 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +42 darajagacha qizidi.

Birinchi o‘n kunning oxiriga kelib, nisbatan salqin havoning kirib kelishi O‘zbekiston hududi bo‘ylab harorat fonini biroz pasaytirdi. Eng sezilarli pasayish O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati 7−10 darajaga pasaydi.

Respublikaning qolgan hududlarida havo haroratining pasayishi unchalik sezilarli bo‘lmadi, ammo harorat 4−6 darajaga pasaydi. Shunga qaramay, harorat foni hali ham me’yordan yuqori bo‘lib qolmoqda.

issiq, об-havo

Biroq shu hafta boshidan havo harorati yana ko‘tarila boshladi. Uning oxiriga kelib, xabar qilinganidek, issiqlik yana +37 … +40 darajagacha, janubiy va cho‘l zonasida +41 … +42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

“Iyun oyida bunday harorat qiymatlari, o‘z-o‘zidan, istisno emas. Ammo, yozning boshida havo harorati me’yordan sezilarli darajada bunday uzoq davr ko‘tarilishi O‘zbekistonda har yili kuzatilmaydi”, — deya ta’kidladi sinoptiklar.

Iyun oyining birinchi va ikkinchi o‘n kunligidagi bunday issiq havo oxirgi marta 2021-yilda kuzatilgandi. 2021-yilning iyuni tarixdagi eng issiq oy bo‘lgan. Iyun oyidagi maksimal harorat +42…+44 daraja, shimol, janub va cho‘l zonalarida esa +45…+46 darajaga yetgan.

“Shunday qilib, harorat qiymatlariga ko‘ra, ushbu yilning iyun oyi 2021-yilning eng issiq iyuniga “yeta olmadi”, — deya xulosa qildi O‘zgidromet.