Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha shaxslar mushukni qafasga solib, uni tiriklayin yoqib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat Quvasoy shahar IIB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilgan va huquqbuzarlikni M.A va boshqalar sodir etgani aniqlangan.

Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima (BHMning uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda) jazosi qo‘llanildi. Jarima miqdori ochiqlanmagan.