Buxoro viloyatidagi Qoraqir tabiiy suv ombori hududida to‘rlar bilan baliq tutayotgan brakonerlar aniqlandi, deb xabar qildi Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Mazkur shaxslar Milliy gvardiyaning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Peshku tumani inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma reyd davomida qo‘lga olingan.

Brakonerlardan jami 327 dona turli turdagi baliqlar topilib, olib qo‘yildi.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.