Qamchiq dovonida MAN yuk avtomobili xandaqqa tushib ketdi, deya xabar qildi FVV axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 15-iyun kuni soat 20:37 da A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismidan o‘tgan 224,8 kilometrida Vodiy-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan moy mahsuloti ortilgan sisternali MAN rusumli yuk avtomobilining tormoz tizimi ishlamay qolgani sababli, yo‘l chetidagi avariya yo‘lagiga chiqib, orqaga harakatlanib ketishi oqibatida yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan.

Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.