Jamiyat

Test: Toshkentdagi tuman hokimliklarining binolarini taniysizmi?
3 yanvar 2024, 16:13

Test: Toshkentdagi tuman hokimliklarining binolarini taniysizmi?

Toshkentni qanchalik yaxshi bilasiz? Masalan, Toshkentdagi har bir tuman hokimligini binosiga qarab ajrata olasizmi? “Gazeta.uz”ning navbatdagi testi — shu haqda.

Daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Toshkent ekologiya boshqarmasi vakolatlari vaqtincha cheklandi
3 yanvar 2024, 16:02

Daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Toshkent ekologiya boshqarmasi vakolatlari vaqtincha cheklandi

Poytaxtda moratoriy talablariga to‘liq rioya etilmayotgani va daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Ekologiya vazirligi Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi rahbar va xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinladi. Shuningdek, 1-fevralgacha boshqarma vakolatlari cheklandi.

Surxondaryoda XIX asrga oid oltin tangani $100 mingga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
3 yanvar 2024, 15:23

Surxondaryoda XIX asrga oid oltin tangani $100 mingga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Surxondaryoda XIX asr oxiriga oid oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi ushlandi. Tanga “Petru Bogdanovu 1899” yozuvli, og‘irligi 61,69 gramm va madaniy boylikka taalluqli bo‘lgan.

Toshkent viloyatidagi avtobus va mikroavtobuslarda yo‘lkira narxi oshdi
3 yanvar 2024, 15:17 1

Toshkent viloyatidagi avtobus va mikroavtobuslarda yo‘lkira narxi oshdi

Toshkent viloyatida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Endilikda avtobuslardan foydalanganlik uchun 1500 so‘m, yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)lar uchun 2000 so‘m to‘lanadi.

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent
3 yanvar 2024, 11:54

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent

Uyqudagi hovlilar va mushaklarning yerda sochilib yotgan pachoq qadoqlari, qariyb yo‘lovchisiz jamoat transporti, tong oftobida tovlanayotgan kimsasiz ko‘cha va maydonlar. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov Toshkent 2024-yilning ilk tongini fotosuratlarga muhrladi.

Hafta davomida havo iliq bo‘ladi, juma kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
3 yanvar 2024, 11:37

Hafta davomida havo iliq bo‘ladi, juma kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida havo iliq bo‘ladi. Harorat kunduzi +8…+15, kechasi 0…+5 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Tuman tushib, shamol kuchayishi, juma kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Jizzaxda Lacetti transformatorga urildi
3 yanvar 2024, 11:30

Jizzaxda Lacetti transformatorga urildi

Sharof Rashidov tumanida Lacetti transformatorga urilishi oqibatida mashina va transformator texnik shikastlandi, mahalla bir muddat elektr ta’minotisiz qoldi.

Namanganda qoidabuzarliklari bilan maqtangan haydovchi oltita modda bilan jarimaga tortildi
3 yanvar 2024, 11:05

Namanganda qoidabuzarliklari bilan maqtangan haydovchi oltita modda bilan jarimaga tortildi

Namanganda o‘zganing Mersedes-Benz rusumli avtomashinasini davlat raqamlarisiz va guvohnomasiz boshqarayotgan yigit Instagram’da yo‘l harakati qoidalarini qanday buzayotgani haqida video joyladi. U oltita modda bo‘yicha jarimaga tortildi.

Toshkent havosidagi PM2,5 miqdori JSST tavsiyalaridan 18,7 baravarga oshdi
3 yanvar 2024, 09:30

Toshkent havosidagi PM2,5 miqdori JSST tavsiyalaridan 18,7 baravarga oshdi

Chorshanba kuni ertalab soat 8:00 holatiga ko‘ra, Toshkent havosidagi PM2,5 zarralari miqdori 67,5 mkg/m3 ni tashkil etdi. Bu JSST tavsiyasidan 18,7 baravar yuqori. Soat 4:00 da “O‘zgidromet” hududida bu ko‘rsatkich 87,5 mkg/m3 ni tashkil qildi.

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi kunida 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi
2 yanvar 2024, 12:09

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi kunida 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi

1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 847 nafari qiz, 1012 nafari o‘g‘il bola. Xususan, 21 ta holatda egizak, 1 ta holatda uch egizak dunyoga keldi.

Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor bo‘ldi
2 yanvar 2024, 10:44

Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor bo‘ldi

Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi. U 2017−2023-yillarda O‘zbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlagan.

Dubayda jinoiy to‘da garovida ushlab turilgan o‘zbekistonlik qutqarildi
2 yanvar 2024, 10:09

Dubayda jinoiy to‘da garovida ushlab turilgan o‘zbekistonlik qutqarildi

Dubayda noma’lum jinoiy to‘da tomonidan garovda ushlab turilgan o‘zbekistonlik erkak qutqarildi. Undan 200 ming dollar pul talab qilingan, pul berilmagan taqdirda joniga qasd qilish bilan qo‘rqitilgan. U Bosh konsullik diplomatlari ko‘magida ozodlikka chiqarildi.

Chimyonda 1−10-yanvar kunlari harakat bir tomonlama bo‘ladi
1 yanvar 2024, 11:46

Chimyonda 1−10-yanvar kunlari harakat bir tomonlama bo‘ladi

1-yanvardan 10-yanvarga qadar Toshkent viloyatining Chimyon tog‘laridagi dam olish maskanlariga (G‘azalkentdan Yusufxonagacha) transport harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Ayni vaqtda tirbandliklar kuzatilmayapti.

1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?
1 yanvar 2024, 10:01

1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Yana 5 ta shaharda yo‘lovchi tashishda brutto-shartnoma amal qiladi, maktab direktorlari kasbiy sertifikatlanadi, chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilmagan yangi obyektlar loyihalari ekologik ekspertizadan o‘tkazilmaydi, baliqchilikka garovsiz kredit ajratiladi — 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekcha YouTube — 2023. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati jamoasi tavsiya qiladi
31 dekabr 2023, 19:31

O‘zbekcha YouTube — 2023. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati jamoasi tavsiya qiladi

YouTube’ning o‘zbek segmenti uchun 2023-yil barakali keldi — videokontent yaratuvchilar soni ham, sifati ham sezilarli oshdi. Kontent ko‘paygach, tomoshabinda tanlov mashaqqati ham paydo bo‘ladi. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati shu mashaqqatni yumshatish uchun YouTube-kontent bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishadi.

O‘zbekistonda qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari musodara qilindi
31 dekabr 2023, 16:59

O‘zbekistonda qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari musodara qilindi

Bir yarim oy davomida O‘zbekiston bo‘ylab qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari olib qo‘yildi, deb xabar qildi IIV.

O‘zbekistonda 2023-yil — suratlarda
31 dekabr 2023, 15:33

O‘zbekistonda 2023-yil — suratlarda

Anomal sovuq va energoinqiroz, muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovi, jahon yetakchilarining tashriflari, dorilar bilan bog‘liq bolalar fojialari, Sergelidagi portlash. “Gazeta.uz” O‘zbekistonda yakuniga yetayotgan yilning asosiy voqealari haqida so‘zlovchi fotosuratlarni jamladi.

Test: Bu gapni kim aytgan?
31 dekabr 2023, 12:16 1

Test: Bu gapni kim aytgan?

“Ko‘p go‘sht yeyapmiz”, “kuniga 5600 so‘m topgan odam qashshoq emas”, “2,5 mln so‘m besh kishilik oilani boqishga bemalol yetadi” — bunday shedevrlar tarixda qoldi. Hozir amaldorlar o‘ta ehtiyotkor. Shunga qaramay, 2023-yil ham bir qator iqtiboslar bilan tarixda qoladi. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.

O‘zbekiston Milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati shakllantirildi
30 dekabr 2023, 17:11

O‘zbekiston Milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati shakllantirildi

Milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati tasdiqlandi. Undan daraxtzor, archazor, to‘qayzor va tabiiy maskanlardan iborat 16 ta obyekt, 50 ta buloq, 14 ta ko‘l, 3 ta daryo, 10 ta sharshara, 4 ta soy, 10 ta g‘or, 5 ta dara, 10 ta tog‘, qoya va toshlar, 6 ta cho‘l, qumlik va barxanlar o‘rin oldi.

Markaziy bank dam olish kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxatini e’lon qildi
30 dekabr 2023, 12:16

Markaziy bank dam olish kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxatini e’lon qildi

O‘zbekistonda Yangi yil bayrami va dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatlarini taqdim etuvchi banklar ro‘yxati e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting