O‘zbekiston Markaziy banki Yangi yil bayrami va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi.

Bular:

  • Ipak yoʻli bank
  • Milliy bank
  • “Bisnesni rivojjlantirish banki” ATB
  • Agrobank
  • Hamkorbank
  • Trastbank
  • Turonbank
  • Aloqabank
  • Sanoatqurilishbank
  • Xalq banki
  • Asakabank
  • Infin bank
  • Ipoteka bank OTP group
  • Garant bank
  • Mkbank
  • Poytaxtbank
  • Saderatbank
  • Asia Alliance bank
  • Octobank
  • KDB
  • Universalbank
  • Orient Finans Bank

MBning ma’lum qilishicha, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.