Jamiyat

2,7 mlrd dollarlik investitsiya loyihalarining ijrosi kechikmoqda — Senat
24 fevral 2021, 16:46

2,7 mlrd dollarlik investitsiya loyihalarining ijrosi kechikmoqda — Senat

Prezidentning Yaponiya va Turkiyaga tashriflari vaqtida imzolangan 31 ta investitsiya loyihaning ijrosi kechikmoqda. Mazkur loyihalar jami 2,7 mlrd dollarlik investitsiya jalb qilishi ko‘zlangan edi. Ushbu loyihalarning eng katta ulushi energetika va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ri keladi. Senat ushbu kechikishlarga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 11 ta yangi gidroelektr stansiyasi quriladi
24 fevral 2021, 13:20

O‘zbekistonda 11 ta yangi gidroelektr stansiyasi quriladi

O‘zbekistonda qo‘shimcha 587 megavatt elektr quvvati yetkazib beradigan 11 ta yangi gidroelektr stansiyalari qurilishi rejalashtirilmoqda.

Prezident zargarlik bozorini liberallashtirishga oid qarorni imzoladi
24 fevral 2021, 12:40

Prezident zargarlik bozorini liberallashtirishga oid qarorni imzoladi

Kompaniyalarga o‘zlari ishlab chiqargan oltin yombilarni sotishga, tamg‘a qo‘yishda mexanik yoki lazer usulidan foydalanishga ruxsat beriladi. Zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda onlayn sotish mumkin bo‘ladi. Savdo summasi BHMning 600 baravaridan oshmagan taqdirda mijozni tekshirish talab etilmaydi. Zargarlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qaror haqida batafsil.

Toshkent amaliy fanlar universiteti tashkil etilishi kutilmoqda
24 fevral 2021, 11:50

Toshkent amaliy fanlar universiteti tashkil etilishi kutilmoqda

Toshkent shahrida amaliy fanlar universiteti tashkil etilishi mumkin. Talabalar «Biznes axborot tizimlari», «Biznes boshkaruvi», «Axborot xavfsizligi» xamda «Elektron tijorat» yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilinadi. Darslar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Toshkentda «Diplomat university» nomli xususiy universitet ochilishi mumkin
24 fevral 2021, 11:23

Toshkentda «Diplomat university» nomli xususiy universitet ochilishi mumkin

Toshkentda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, yurisprudensiya va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydigan yangi «Diplomat university» nomli xususiy universitet ochilishi mumkin.

Namanganda prezident tanqididan so‘ng, shahar hokimi va prokurori o‘zgardi
23 fevral 2021, 20:51

Namanganda prezident tanqididan so‘ng, shahar hokimi va prokurori o‘zgardi

Prezident tanqididan so‘ng, Namangan shahri hokimi Olimjon Isayev hamda prokurori Bahromjon Yuldashev ishdan bo‘shatildi. Shahar hokimi lavozimiga G‘ofir Jamolov, prokurori etib esa Xurshid Odilov tayinlandi.

Sovuq havoda ekinlarni asrab qolish uchun nima qilish kerak?
23 fevral 2021, 17:46

Sovuq havoda ekinlarni asrab qolish uchun nima qilish kerak?

Qishloq xo‘jaligi vazirligi keskin ob-havo sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlari, meva, sabzavot va daraxtlarni saqlab qolish uchun amalga oshirish kerak bo‘lgan tavsiyalarni ma’lum qildi.

Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosar lavozimi ta’sis etildi
23 fevral 2021, 17:00

Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosar lavozimi ta’sis etildi

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida spikerga raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar lavozimi ta’sis etildi. Deputatlar mazkur lavozimga Odiljon Tojiyevni saylashdi. U parlament imidji masalalariga mas’ul bo‘ladi.

Tez yordam mashinasining bitta chaqirig‘iga 150 ming so‘m ketadi — sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari
23 fevral 2021, 16:36

Tez yordam mashinasining bitta chaqirig‘iga 150 ming so‘m ketadi — sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari

O‘zbekistonda tez yordam mashinasining bir xonadonga borib kelishi uchun 150 ming so‘m miqdorida mablag‘ talab etiladi. Murojaatlarning 40 foizi surunkali kasalliklari bor bemorlar tomonidan amalga oshirilishi, chaqiriqlar qanchalik noto‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi, deya ta’kidladi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.

Xitoy-o‘zbek vaksinasi parlamentga taqdim etildi
23 fevral 2021, 16:01

Xitoy-o‘zbek vaksinasi parlamentga taqdim etildi

Xitoyning Zhifei Longcom kompaniyasi tomonidan yaratilgan va O‘zbekistonga hammualliflik huquqi berilgan vaksina Oliy Majlisga taqdim etildi. Ma’lum qilinishicha, ushbu vaksinaning xavfsizlik darajasi 99% ni, immunogenlik esa 97% ni tashkil etadi.

«Bu Finlyandiya emas, o‘zimizning Namangandagi yoshlar kutubxonasi» — Alisher Sa’dullayev. Fotoreportaj
23 fevral 2021, 16:00

«Bu Finlyandiya emas, o‘zimizning Namangandagi yoshlar kutubxonasi» — Alisher Sa’dullayev. Fotoreportaj

Prezident Namangan viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida vaqt tig‘izligi sabab Yoshlar kutubxonasiga bora olmadi. U yerda bo‘lganlar esa o‘z fikr-mulohalari bilan o‘rtoqlashdi. «Bu Finlyandiya emas, o‘zimizning Namangandagi yoshlar kutubxonasi», deya fikr bildirdi yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev. Namangandagi kutubxonadan «Gazeta.uz» fotoreportaji.

«Lotin alifbosiga o‘tishga siyosiy motivlar sabab bo‘lgan» — adliya vaziri maslahatchisi
23 fevral 2021, 15:21

«Lotin alifbosiga o‘tishga siyosiy motivlar sabab bo‘lgan» — adliya vaziri maslahatchisi

Adliya vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, bloger Shahnoza Soatova o‘zbek tili yozuvining lotin alifbosiga o‘tish siyosiy motivlar sababli ro‘y berganini aytdi. «Buni hech kim rad eta olmaydi. Bugun ham o‘sha motivlar turibdi», — dedi u. Bundan tashqari, u lotin alifbosidagi 4 ta harfning o‘zgarishi texnik muammoni hal qilishini va savodga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.

Toshkentda vaksinalarni tashish uchun mo‘ljallangan bir nechta Miniven-Labo avtomobillari to‘qnashdi
23 fevral 2021, 15:05

Toshkentda vaksinalarni tashish uchun mo‘ljallangan bir nechta Miniven-Labo avtomobillari to‘qnashdi

Toshkent shahrida YUNISEF tomonidan vaksinalarni tashish uchun ajratilgan mashinalar YTHga uchradi. 2 ta mashinaga texnik shikast yetgan va ularda vaksina bo‘lmagani ma’lum qilindi.

Emlanishdan bosh torganlarga hech qanday chora ko‘rilmaydi — bosh vazir o‘rinbosari
23 fevral 2021, 12:57

Emlanishdan bosh torganlarga hech qanday chora ko‘rilmaydi — bosh vazir o‘rinbosari

Koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadiganlar ro‘yxatida bo‘lgan shaxslar vaksinatsiya jarayonidan voz kechsa, ularga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmaydi. «Faqatgina emlashning afzalligi tushuntiriladi. Lekin emlanish niyatida bo‘lmagan odamga ish faoliyatida hech qanday ta’sir choralari ko‘rilmaydi», — dedi bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.

Koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan shaxslar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi
23 fevral 2021, 11:34

Koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan shaxslar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan fuqarolar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi. Bunga bolgerlar, OAV, transport xodimlari, mehnat migrantlari va xorijda tahsil olayotgan talabalar ham ushbu ro‘yxatga kiritilganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar sabab bo‘ldi.

Spotify O‘zbekistonga kirib kelayotganini ma’lum qildi
23 fevral 2021, 10:49

Spotify O‘zbekistonga kirib kelayotganini ma’lum qildi

Spotify musiqiy striming xizmati 85 ta yangi mamlakatga, shu jumladan O‘zbekistonga kirib kelishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatida noqonuniy qurilayotgan ob’ektlar aniqlandi
23 fevral 2021, 10:32

Toshkent viloyatida noqonuniy qurilayotgan ob’ektlar aniqlandi

Qurilish vazirligi Toshkent viloyatida turar-joy binolari, savdo majmuasi va bojxona terminalini noqonuniy qurayotgan kompaniyalar to‘g‘risida xabar berdi. Barcha ishlar bo‘yicha materiallar sudga yuborilganiga va ishlab chiquvchilar ma’muriy javobgarlikka tortilganiga qaramay, qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

Rulda uxlab qolgan haydovchi YTH sodir etdi. 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi
23 fevral 2021, 10:17

Rulda uxlab qolgan haydovchi YTH sodir etdi. 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida «MAN Trailer» avtomashinasi haydovchisi uxlab qolib, bir yo‘nalishda harakatlanayotgan «Nexia-2» bilan to‘qnashadi. YTH oqibatida 2 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Yana biri tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

DSQ qariyb 500 mlrd so‘mlik «soxta» operatsiyalarni aniqladi
22 fevral 2021, 23:38

DSQ qariyb 500 mlrd so‘mlik «soxta» operatsiyalarni aniqladi

«Naqdlashtiruvchi firmalar» bilan vaziyatni o‘rganish doirasida soliq organlari mamlakat bo‘ylab 2534 ta korxonada kameral tekshiruvlarini o‘tkazdi. Natijada 2238 ta korxonada 498,9 mlrd so‘m miqdoridagi «soxta» operatsiyalar aniqlandi.

O‘zbekiston 2022 yilgi U-23 Osiyo kubogi mezbonligini qo‘lga kiritdi
22 fevral 2021, 21:40

O‘zbekiston 2022 yilgi U-23 Osiyo kubogi mezbonligini qo‘lga kiritdi

2022 yilda O‘zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Avval bu musobaqani Xitoy o‘tkazishi kerak edi, ammo turli muammolarga ko‘ra bundan voz kechdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting